«Yoshlar orasida huquqbuzarliklarning oldini olish «

O‘zbekiston Milliy universitetida Yoshlar bilan ishlash maʼnaviyat va maʼrifat boʻlimi hamda «Yoshlik» talabalar shaharchasi hokimiyati hamkorligida yoshlar orasida huquqbuzarliklarning oldini olish mavzusiga bag‘ishlangan seminar tashkil etildi.
Unda Yoshlik talabalar shaharchasi hokimi, Olmazor tumani hokimi oʻrinbosari Sh. Nabiyev, Din ishlari boʻyicha Toshkent shahar hududiy boshqarmasi, Olmazor tumani bosh mutaxassisi, Marifiy targʻibot markazi direktori oʻrinbosari M.Xidirov, Yoshlar bilan ishlash maʼnaviyat va maʼrifat boʻlimi boshligʻi M.Xasanov, universitet psixologi N.Ahatova va boshqa mas’ullar ishtirok etishdi.
Davra suhbatida kelgusida talaba- yoshlar oʻrtasida jinoyat va huquqbuzarliklarning oldini olish, oliy taʼlim muassasasi maʼmuriyati va huquq-tartibot organlari oʻrtasidagi hamkorlik aloqalarini yanada yaxshilash yuzasidan tegishli chora- tadbirlar belgilab olindi.
Shuningdek, talabalar o‘rtasida huquqbuzarlik, jinoyatchilikning oldini olish, korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish, turli zararli oqimlar ta’siriga tushib qolmaslik, universitet ichki tartib qoidalariga rioya etish, sog‘lom turmush tarziga amal qilish borasida zarur tushuncha va ko‘nikmalar berildi

Scroll to Top