O‘zMU mas’ullari Toshkent gidrometeorologiya texnikumida

Bugun O’zbekiston Milliy Universitetida Hududiy ta’lim muassasalari bilan ishlash bo‘limi boshlig‘i H.Boymatov, Gidrometeorologiya fakulteti o’qituvchilari K.Mahmudov, D.Saidova, J.Xamzayevalar Toshkent gidrometeorologiya texnikumida bo‘ldilar.
O‘zMU mas’ullari Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining “Professional ta’lim muassasalarini metodik va ilmiy jihatdan qo‘llab-quvvatlash to‘g‘risida”gi buyrug‘ida belgilangan vazifalar ijrosi, yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik ishlari bilan tanishib, texnikum o‘qituvchilari faoliyati yuzasidan o‘quv-uslubiy seminar o‘tkazishdi.
 O‘zMU «Gidrometeorologiya va atrof muhit monitoringi» hamda «Meteorologiya va iqlimshunoslik» kafedralari o‘qituvchilari bilan hamkorlikda yangi darsliklar yaratish, texnikumning ta’lim jarayoniga universitet professor-o‘qituvchilarini jalb qilib borish kabi vazifalar belgilab olindi.

Scroll to Top