12-13 iyun kunlari, Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Millliy universiteti Geografiya va geoaxborot tizimlari fakulteti Geografiya yo‘nalishi 2-kurs talabalari Arnasoy tumanida “Kompleks geografik-o‘lkashunoslik” o‘quv-dala amaliyoti o‘tadilar.
Amaliyotdan ko‘zlangan maqsad – Arnasoy tumani turistik obyektlari va resurslarini joyda o‘rganish va ular haqida ma’lumotlar to‘plash, ekoturistik, etnografik va boshqa turistik obyektlarini tadqiq etish hamda to‘plangan ma’lumotlarni mahalliy aholi vakillari va ta’lim muassasalari bilan bo‘lishishdan iborat.
Amaliyot davrida turizmni rivojlantirishda katta imkoniyatlarga ega bo‘lgan – Aydar-Arnasoy ko‘llar tizimining bir qismi bo‘lgan Tuzkon ko‘li va sohilbo‘yi hududlarining turistik salohiyati o‘rganildi va kelajakda turizm sohasini rivojlantirishda muhim bo‘lgan materiallar to‘plandi.
Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Turizm va madaniy meros vazirligi hamda Tabiat resurslari vazirligiga jamlangan ma’lumotlar, hududdagi mavjud eko-tizimlar haqida batafsil material tayyorlanib jo‘natildi.