Bugun, 10-fevral kuni O’zbekiston Milliy univesitetida Oʼzbekiston xotin-qizlar “Olima” uyushmasi, Oʼzbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi, ASIE xalqaro tashkiloti, “Oʼzbekiston-АQSh”, “Oʼzbekiston-Fransiya” doʼstlik jamiyatlari bilan hamkorlikda 11 fevral – “Ilm-fan sohasidagi ayollar va qizlar xalqaro kuni” munosabati bilan “O’zbekiston Respublikasining barqaror rivojlanish milliy maqsadlariga erishishda yosh olimalarning ilm-fandagi faolligi” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya bo’lib o’tdi.
Ushbu konferensiyada Fransiyaning Puatye universiteti tadqiqotchisi Eliza Boesh “Olima ayollar faoliyati va ularga yaratilgan sharoitlar”, Fransiyaning Tur universiteti bitiruvchisi Go’zal Qambarova “O’zbek ayollarining xalqaro aloqalardagi roli”, Belgiyaning U-Mons universiteti talabalari Line Baudelet va Emma Dionlar “Belgiyada ayollar huquqlari evolyutsiyasi”, Janubiy Koreyalik magistr talaba Han Dan Bi «Koreyalik olima ayollarning ilm-fandagi o’rni» mavzularida o’z chiqishlari bilan ishtirok etishdi.
Shuningdek, respublikaning boshqa oliy ta’lim muassasalaridan ham talaba qizlar o’zlarining ma’ruzalari bilan ishtirok etishdi.
Konferensiya ikki avlod ya’ni olima ayollar va endigina ilmga qadam qo’yadigan yosh talaba qizlar uchrashuvi tarzida bo’lib o’tdi