Fransiyaning Puatye universiteti vakillari O’zMUda

Ma’lumki, O’zbekiston Milliy universiteti Fransiyaning Puatye universiteti bilan 2018 – 2022 yillar davomida Erasmus MIC loyihasi doirasida hamkorlik aloqalari va akademik mobillikni amalga oshirgan.

2022-yil yozida yakunlangan mazkur loyiha, 2022-yil sentyabridan kengaytirilgan holda navbatdagi tanlovni yo’lga qo’ydi. Mazkur yangilangan Erasmus loyihasi doirasida ham O’zMu Puatye universiteti bilan akademik mobillikni davom ettirish imkoniyatiga ega bo’ldi. Shu munosabat bilan Fransiyaning Puatye universitetidan delegatsiya tashrif buyurdi.

Tashrif davomida matematika fanlari doktori Patris Nodin O’zMu va Puatye universiteti o’rtasidagi hamkorlikning samaradorligi va akademik mobillikda yo’nalishlar doirasini kengaytirish, xususan, ilmiy tadqiqotlarda hamkorlik qilish, STEM yo’nalishlarida fransuz tilini rivojlantirish hamda ta’lim kreditlarini bosqichma bosqich moslashtirib borish masalalari muhokama etildi.

Mazkur universitet bilan 2019-2022 yillarda amalga oshirilgan Erasmus xalqaro dasturi filologiya va tillari oʼqitish (frantsuz tili) yoʼnalishida amalga oshirilgan boʼlsa, 2023-2025 yillardagi yangi loyiha matematika, iqtisod, ingliz tili yoʼnalishidagi talabalar va fransuz adabiyotidan qiyosiy aspektda ilmiy tadqiqot olib borayotgan tadqiqotchilar mobilligini yoʼlga qoʼyishga qaratilgan.

Iqtisod va matematika yoʼnalishida tahsil oladigan talabalarga Puatye universiteti professorlari ingliz tilida maʼruza oʼqishlarini tashkil qilish, OʼzMU oʼqituvchilari va rahbar xodimlarining 2 haftalik malaka oshirishini Puatyeda tashkil qilish masalalari grant koordinatorlari bilan muhokama etildi.

Shuningdek, fransuz va ingliz adabiyoti yoʼnalishida ilmiy tadqiqot olib boradigan tadqiqotchilarning akademik mobilligini Erasmus dasturi doirasida yoʼlga qoʼyish masalalari kelishildi. Ingliz tilidan B2 darajaga ega talabalar va ikkinchi til sifatida fransuz tilini oʼrgangan ingliz yoʼnalishi talabalarining akademik mobillik dasturini 2023-2025 yillarda amalga oshirish masalalari koʼrib chiqildi.

Аyniqsa, Izabel xonim oʼzi dars bergan bitiruvchi talabasi Eliz Bosh Medani OʼzMUda uchratishi kutilmagan quvonchli uchrashuv ekanligini alohida taʼkidladi. Taʼkidlab oʼtamizki, ASIE tashkiloti bilan hamkorlik doirasida xalqaro boʼlimda xalqaro tadbirlarni tashkil qilish, oʼtkazish, fransuz universitetlari tajribalarini boʼlishish amaliyoti joriy etilgan

Scroll to Top