2022-yil 4-iyun kuni “Ikki avlod uchrashuvi” nomli OʻzMU Kimyo fakultetini 1997-yilda bitirgan talabalar bilan 2022-yilda 25 yil farq bilan bitirayotgan talabalarning uchrashuv tadbiri boʻlib oʻtdi.
Tadbirda Kimyo fakultetida koʻp yillardan beri talabalarga kimyoning borligʻi, sirlarini oʻrgatgan ustozlar, professorlar T.M.Boboyev, X.S.Tojimuxamedov, G.R.Xamidova, Sh.A.Kadirovalar bitiruvchilarga OʻzMUda olgan taʼlim-tarbiya, ilm, bilim, koʻnikma-malakalarini Oʻzbekiston iqtisodiyotining rivojanishi yoʻlida safarbar qilishga chaqirdilar.
Tadbir davomida soʻzga chiqqan sobiq bitiruvchilar tomonidan, oʻsha 1997-yil paytlardagi ToshDU ham, hozirgi OʻzMU ham zamonaviy bilim va yuksak maʼnaviy-axloqiy fazilatlarga ega, mustaqil fikrlaydigan yuqori malakali kadrlar tayyorlashda oʻz oʻrniga egaligini hamda oliy taʼlim muassasalarinig flagmani ekanligini eʼtirof etildi.
Dunyo universitetlari xalqaro reyingida ham oʻz oʻrniga ega boʻlayotgani bejizga emasligi takidlandi. Tadbir yakunida kimyo fakultetining ikki avlod bitiruvchilari ustozlar va bir-birlariga esdalik sovgʻalari ulashdilar.