Talabalarda o‘z-o‘zini tartibga solishni rivojlantirishga qaratilgan psixologik trening
Ijtimoiy fanlar fakultetining “Amaliy psixologiya” yo‘nalishi 4-kurs talabalari uchun psixologik trening tashkil etildi. Tadbir 2025-yil 7-aprel kuni Yapon bog‘ida bo‘lib o‘tdi va uni “Psixologiya” kafedrasi v.b. dotsenti (PhD) Lyutsiya Aliyevna Jabarova olib bordi.
Treningning asosiy maqsadi talabalarda ruhiy salomatlikni saqlash va mustahkamlash, stressli vaziyatlarning oldini olish, hissiy charchashni kamaytirish hamda psixologik barqarorlikni shakllantirishdan iborat bo‘ldi. Shuningdek, ishtirokchilarda shaxsiy rivojlanish va o‘zini o‘zi takomillashtirishga bo‘lgan motivatsiyani kuchaytirish ham muhim yo‘nalishlardan biri sifatida belgilandi.
Amaliyot davomida talabalar:
Mashg‘ulot davomida talabalar o‘z-o‘zini boshqarishning turli usullari bilan tanishdilar hamda ularni amaliy mashqlar orqali sinab ko‘rdilar. Trening interaktiv tarzda tashkil etilib, unda ishtirokchilar turli psixologik vaziyatlarni tahlil qilish, o‘z his-tuyg‘ularini anglash va nazorat qilish, shuningdek, stressli holatlarda to‘g‘ri qaror qabul qilish ko‘nikmalarini rivojlantirish imkoniga ega bo‘ldilar.