Ijtimoiy himoya milliy agentligi bilan hamkorlikda- amaliyot

Ijtimoiy himoya milliy agentligi bilan hamkorlikda - amaliyot

O‘zbekiston Milliy universiteti talabalarining kasbiy tayyorgarligini kuchaytirish maqsadida Ijtimoiy himoya milliy agentligi bilan hamkorlikda tashkil etilgan amaliyot dasturi doirasida ijtimoiy ish va psixologiya yo‘nalishi talabalari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Mazkur tadbirda agentlik direktori Mansurbek Olloyorov, direktorning birinchi o‘rinbosari Shahnoza Mirziyoyeva hamda direktor o‘rinbosari Muxtorxon Toshxo‘jayev ishtirok etdilar.

Amaliyot davomida talabalar:

Ko‘makka muhtoj oilalar bilan ishlash va ularning ijtimoiy holatini o‘rganisH
Asrab olingan bolalar bilan individual va psixologik yondashuv asosida ishlash
Nogironligi bo‘lgan shaxslarni qo‘llab-quvvatlash jarayonlarida ishtirok etish
Muammolarni aniqlash va ehtiyojlarni baholash ko‘nikmalarini shakllantirish

Uchrashuvdan lavha

Tadbirda O‘zbekiston Milliy universiteti talabalari tomonidan bildirilgan puxta savollar, ilg‘or fikrlar va faol ishtirok alohida e’tirof etildi. Iqtidorli yoshlarning tashabbuskorligi va mas’uliyat bilan yondashuvi mamlakatimizda ijtimoiy himoya tizimini takomillashtirishga qaratilgan islohotlarning amaliy natijalarini yaqqol namoyon etdi.

O‘zbekiston Milliy universiteti bunday amaliyot dasturlariga alohida e’tibor qaratib, talabalarni real ish jarayonlariga jalb etish orqali ularning professional salohiyatini rivojlantirishni ustuvor vazifa sifatida belgilagan. Universitet tomonidan yo‘lga qo‘yilgan tizimli hamkorliklar nafaqat talabalar uchun mustahkam tajriba maktabi, balki kelajakda yetuk mutaxassislarni tayyorlashda muhim poydevor bo‘lib xizmat qilmoqda.

Scroll to Top