Universitet Kengashida yil davomida faoliyat olib borgan xodimlar e’tirof etildi
Universitet professor-o‘qituvchilari va xodimlari yil yakunida e’tirof etildi
O‘zbekiston Milliy universitetida bo‘lib o‘tgan navbatdagi Universitet Kengashi yig‘ilishida yil davomida fidokorona mehnat qilgan, o‘z faoliyati bilan universitet rivojiga munosib hissa qo‘shgan bir guruh professor-o‘qituvchilar hamda xodimlar munosib taqdirlandi. Ular O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining Faxriy yorlig‘i bilan mukofotlandi.
Tantanali taqdirlash marosimi Kengash yig‘ilishi doirasida tashkil etildi. Unda universitet jamoasining ilmiy, ta’limiy hamda tashkiliy faoliyatini rivojlantirishda faol ishtirok etib kelayotgan xodimlarning mehnati e’tirof etildi.
Faxriy yorliqlarni universitet rektori Inom Majidov tantanali ravishda topshirar ekan, taqdirlanganlarni samimiy tabriklab, ularning mehnati universitet nufuzini oshirish, ta’lim sifatini yuksaltirish va ilmiy salohiyatni rivojlantirishda muhim ahamiyat kasb etayotganini ta’kidladi. Shuningdek, rektor jamoaga kelgusida ham yanada yuqori natijalarga erishish yo‘lida muvaffaqiyatlar tiladi.
a’kidlanganidek, universitet professor-o‘qituvchilari va xodimlarining samarali faoliyati oliy ta’lim tizimida amalga oshirilayotgan islohotlarni izchil davom ettirish, zamonaviy bilim va ko‘nikmalarga ega kadrlarni tayyorlash hamda ilmiy tadqiqotlar ko‘lamini kengaytirishga xizmat qilmoqda. Bunday e’tirof va rag‘batlantirish esa jamoaning kelgusidagi faoliyatiga yanada katta motivatsiya bag‘ishlaydi.
Taqdirlanganlar:
Muxammadiyev Jabbor O‘roqovich – O‘zbekiston Milliy universiteti birinchi prorektori;
Xudoynazarov Ilhom O‘tkir o‘g‘li – Universitet Axborot xizmati rahbari, matbuot kotibi;
Abdullayeva Mubarak Maxmusovna – Biologiya fakulteti Biokimyo kafedrasi professori;
Adashboyev Shavqiddin Mixriddinovich – Raqamli kompetensiyalarni rivojlantirish bo‘limi boshlig‘i;
Kobzeva Olga Petrovna – Tarix fakulteti O‘zbekiston tarixi kafedrasi professori;
Majidov Nurali Maxmudovich – Magistratura bo‘limi boshlig‘i;
Sodikov Ulug‘bek Jurayevich – Ijtimoiy fanlar fakulteti Pedagogik ta’lim kafedrasi dotsenti;
Ambarsumyan Anastas Alekseyevich – Iqtisodiyot fakulteti Iqtisodiyot nazariyasi kafedrasi dotsenti;
Sayfulloyev Shohrux Amin o‘g‘li – O‘quv-metodik ta’minot bo‘limi boshlig‘i;
Nurmuxamedova Nargiza Saydillayevna – Ilmiy pedagogik kadrlar tayyorlash bo‘limi boshlig‘i;
Sarimsokov Xurshid Abdimalikovich – Xorijiy filologiya fakulteti Xorijiy til va adabiyot kafedrasi mudiri;
Sultonova Mo‘tabar Amanbayevna – Universitet texnik-foydalanish va xo‘jalik bo‘limi xodimi;
Tursunqulov Xusan Anvar o‘g‘li – Texnik foydalanish va xo‘jalik bo‘lim boshlig‘i;
Mirzayev Akrom To‘xtayevich – Talabalar turar joyi direksiya direktori;
G‘ulomov Shohnazar Ahrorovich – Korrupsiyaga qarshi kurashish “Komplaens-nazorat” tizimini boshqarish bo‘limi boshlig‘i;
Fayzullayev Orzubek Abdurashidovich – Biologiya va ekologiya fakulteti dekani o‘rinbosari.
Mazkur taqdirlash marosimi universitet jamoasining fidokorona mehnatini qadrlash, ularning kasbiy faoliyatini rag‘batlantirish hamda oliy ta’lim tizimidagi yutuqlarni yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.