“Ma’rifat maydoni” Respublika ko‘rik-tanlovi – hududiy bosqichi: Bilim va ijodning yuksak namunasi

2025-yil 12-fevral kuni Nizomiy nomidagi O‘zbekiston Milliy pedagogika universitetida Respublika miqyosidagi “Ma’rifat maydoni” ko‘rik-tanlovining hududiy bosqichi katta shukuh bilan o‘tkazildi.

Ushbu tanlov yoshlar orasida bilim, ijod va ma’naviyatni rivojlantirish, milliy qadriyatlarni targ‘ib qilish va talabalarda jamoaviy ishlash ko‘nikmalarini shakllantirish maqsadida tashkil etilgan.

Universitetimiz sharafini Ijtimoiy fanlar fakulteti talabalari himoya qildilar. Jamoamiz “Yuksalish” nomi ostida faol ishtirok qilib, o‘z bilim va ijodini namoyish etdi.

Tanlov tartibi va shartlari

Musobaqa uch bosqichda o‘tkazildi, har bir bosqich talabalarning bilim, tezkorlik va ijodiy salohiyatini sinovdan o‘tkazdi:

 1. Adib hayoti va ijodi haqida tanishtiruv – ishtirokchilar mashhur adib va shoirlarning hayoti, ularning ilmiy va badiiy merosi haqida ma’lumot berishdi. Bu bosqichda adiblarning hayoti, asarlaridagi hikmat va falsafiy g‘oyalarga urg‘u berildi.

 2. Savol-javob – talabalarning tezkor fikrlash va bilimlarini sinovdan o‘tkazadigan qiziqarli va interaktiv bosqich bo‘ldi. Savollarga aniq va mantiqiy javob berish jamoalarning muvaffaqiyati uchun muhim omil hisoblandi.

 3. Sahna ko‘rinish – talabalarning sahnadagi chiqishlari, madaniyati, o‘zaro hamkorligi va ijodiy mahorati baholandi. Bu bosqich nafaqat bilim, balki ijodiy fikrlash va sahna tajribasini rivojlantirish imkonini berdi.

Tanlov natijalari

Tanlov yakunlariga ko‘ra, hududiy bosqichda quyidagi o‘rinlar taqdirlandi:

1.O‘zbekistonda Xalqaro Islomshunoslik Akademiyasi – 1-o‘rin
2.O‘zbekiston Milliy Universiteti – 2-o‘rin
3.Yangi Asr Universiteti – 3-o‘rin

Shuningdek:
4.Toshkent Davlat Transport Universiteti
5.Toshkent Davlat Arxitektura-Qurilish Universiteti

Universitetimiz jamoasi bilim, sahna madaniyati va jipslik bilan munosib ishtirok etdi va faxrli 2-o‘rinni qo‘lga kiritdi. Bu natija talabalarning mehnati, tayyorgarligi va jamoaviy ruhining muvaffaqiyatli samarasidir.

“Yuksalish” jamoasi o‘zining adabiy va ilmiy chiqishlari, tezkor javoblari hamda sahnadagi faol ishtiroki bilan tanlovga alohida rang bag‘ishladi. Talabalar bir-biriga yordam berib, o‘zaro hamkorlikda har bir bosqichda muvaffaqiyat qozonishga intildilar.

Shuningdek, jamoaning ishtiroki universitetimizning Yoshlar Ittifoqi boshlang‘ich tashkiloti tomonidan ham e’tirof etildi. Bu, albatta, talabalarning shaxsiy rivoji va universitetning ilmiy-ijodiy salohiyatini namoyon etadi.

“Ma’rifat maydoni” ko‘rik-tanlovi nafaqat talabalarning bilim va ma’naviyatini oshirish, balki ularni ijodiy fikrlash, sahna madaniyati va jamoaviy ishlash ko‘nikmalarini rivojlantirishga yo‘naltiradi.

Universitetimizning “Yuksalish” jamoasi faxrli 2-o‘rinni qo‘lga kiritib, boshqa universitet jamoalariga namuna bo‘ldi. Bunday tadbirlar yosh avlodni ilm-fan va ijodiy faoliyatga ruhlantiradi, ularning milliy qadriyatlarimizga hurmat tuyg‘usini shakllantiradi.

O‘zbekiston Milliy Universiteti Yoshlar Ittifoqi boshlang‘ich tashkiloti ushbu muvaffaqiyatni alohida e’tirof etib, jamoaning kelajakdagi muvaffaqiyatlarida omad tiladi va diplomlarni topshirildi.

Scroll to Top