Global olamda ruhiy salomatlik va reproduktiv salomatlik: O‘zMU tajribasi va ustuvor yo‘nalishlar
Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universitetida “Global olamda ruhiy salomatlik: muammolar va yechimlar” mavzusida respublika ilmiy-amaliy konferensiya yuqori saviyada tashkil etildi. Mazkur anjuman M.V. Lomonosov nomidagi Moskva Davlat universitetining Toshkent shahridagi filiali hamda O‘zbekiston psixologlari ilmiy-amaliy jamiyati hamkorligida o‘tkazilib, unda respublikamizning yetakchi olimlari, professor-o‘qituvchilar, tadqiqotchilar hamda talabalar faol ishtirok etdi.
Konferensiyaning asosiy maqsadi globallashuv davrida inson ruhiy salomatligini saqlash, yoshlar orasida psixologik barqarorlikni mustahkamlash hamda jamiyatda sog‘lom turmush tarzini shakllantirishga qaratilgan ilmiy va amaliy yondashuvlarni muhokama qilishdan iborat bo‘ldi. Tadbir davomida badiiy adabiyotning inson ruhiy holatiga ta’siri, yosh mutaxassislarning kasbiy moslashuvi jarayonida psixologik qo‘llab-quvvatlashning ahamiyati, shuningdek, Z avlod vakillarining qadriyatlari va ularning ruhiy salomatlik bilan bog‘liq jihatlari keng tahlil qilindi.
Ayniqsa, konferensiyada universitet muhitida talabalar salomatligini, jumladan, reproduktiv salomatlikni mustahkamlash masalasiga alohida e’tibor qaratildi. Bugungi kunda reproduktiv salomatlik nafaqat tibbiy, balki psixologik, ijtimoiy va ma’naviy jihatdan ham muhim ahamiyat kasb etadi. Universitet yoshlarining bilim olish jarayonida ularning jismoniy va ruhiy sog‘lig‘ini saqlash, kelajakda sog‘lom oila qurishiga tayyorgarlik ko‘rish, ongli ota-onalik ko‘nikmalarini shakllantirish dolzarb vazifalardan biri hisoblanadi.
Ayniqsa, konferensiyada universitet muhitida talabalar salomatligini, jumladan, reproduktiv salomatlikni mustahkamlash masalasiga alohida e’tibor qaratildi. Bugungi kunda reproduktiv salomatlik nafaqat tibbiy, balki psixologik, ijtimoiy va ma’naviy jihatdan ham muhim ahamiyat kasb etadi. Universitet yoshlarining bilim olish jarayonida ularning jismoniy va ruhiy sog‘lig‘ini saqlash, kelajakda sog‘lom oila qurishiga tayyorgarlik ko‘rish, ongli ota-onalik ko‘nikmalarini shakllantirish dolzarb vazifalardan biri hisoblanadi.
O‘zbekiston Milliy universitetida bu borada tizimli ishlar amalga oshirilmoqda. Jumladan, talabalar o‘rtasida reproduktiv salomatlik madaniyatini oshirishga qaratilgan seminarlar, davra suhbatlari va treninglar muntazam tashkil etib kelinmoqda. Ushbu tadbirlar orqali yoshlar reproduktiv salomatlikning mohiyati, uning inson hayotidagi o‘rni, sog‘lom turmush tarzining ahamiyati hamda zararli odatlarning salbiy oqibatlari haqida ilmiy asoslangan ma’lumotlarga ega bo‘lmoqda.
Bundan tashqari, universitetda faoliyat yuritayotgan psixologik xizmat markazlari talabalarga individual psixologik maslahatlar berib, ularning ruhiy holatini barqarorlashtirish, stress va xavotirni kamaytirish hamda shaxsiy rivojlanishiga ko‘maklashmoqda. Bu esa o‘z navbatida reproduktiv salomatlikni saqlashning muhim omillaridan biri bo‘lgan psixologik barqarorlikni ta’minlashga xizmat qiladi.
Konferensiya doirasida mutaxassislar tomonidan reproduktiv salomatlik va ruhiy salomatlik o‘rtasidagi uzviy bog‘liqlik alohida ta’kidlandi. Sog‘lom psixologik muhit insonning umumiy salomatligi, jumladan, reproduktiv tizim faoliyatiga ham ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Shu sababli oliy ta’lim muassasalarida yoshlar bilan ishlashda kompleks yondashuvni qo‘llash, ya’ni tibbiy, psixologik va pedagogik yordamni uyg‘unlashtirish muhim hisoblanadi.
Mazkur ilmiy-amaliy konferensiya yoshlar salomatligini mustahkamlash, ayniqsa reproduktiv salomatlik bo‘yicha ilmiy asoslangan yondashuvlarni rivojlantirish, universitet muhitida sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib qilish hamda kelajak avlodning jismoniy va ruhiy barkamolligini ta’minlash yo‘lida muhim qadam bo‘ldi.