OʻzMU xorijiy filologiya fakultetida BRM tamoyillari asosida dars o‘tkazildi
O‘zbekiston Milliy universiteti Xorijiy filologiya fakulteti, xorijiy til va adabiyot kafedrasi PhD. Muminova Muxtasar Odiljon qizi tomonidan “Inclusive education. Specific learning differences” mavzusida ma’ruza mashg‘uloti o‘tkazildi.
Bugungi kunda, xalq ta’limi sohasida, o‘quvchilarni bilim olishida tenglik birdamlik g‘oyasi ilgari surilmoqda. Shu sababli, barcha hududiy maktablarda inklyuziv ta’lim tizimi joriy etilgan. Tashkil etilgan ma’ruza mashg‘ulotida ham ko‘zlangan asosiy maqsad, chet tilini o‘qitishda o‘rganuvchilarni xilma-xilligi, berilgan mashg‘ulotlarni o‘zlashtirishda duch keladigan qiyinchiliklar va yechimiga qaratilgan.
Talabalar dizleksiya, diskalkulya, dispraksiya, diqqat yetishmovchiligi (ADHD), autism spektri buzilishlari, nutq va til buzilishlari, ijtimoiy-emotsional qiyinchiliklar kabi o‘quvchilar turi haqida ma’lumotlarga ega bo‘lishdi. Ushbu turdagi o‘quvchilar bilan dars mashg‘ulotlari olib borish, tarqatma materiallar tanlash, o‘quvchilardagi o‘rganish farqlarini aniqlash, tushunish va ularga mos pedagogik yondashuvni qo‘llash bo‘yicha kompetensiya shakllanishi, hamda kelajakda pedagog sifatida o‘quvchilarning individual ehtiyojlariga moslashtirilgan dars jarayonini tashkil etish bo‘yicha ko‘rsatmalar olishdi.
Dars bevosita 2-bosqich magistratura mutaxassisligida taxsil olayotgan talabalar bilan tashkil etilganligi sababli, ular o‘z pedagogik faoliyatida uchraydigan o‘quvchi turlari, inklyuziv ta’limning ijobiy va salbiy tomonlari, yechimlari haqida baxs munozaralar olib bordilar, tajriba almashdilar.
Ushbu mashg‘ulot BRM 4-maqsadi “Sifatli ta’lim”, nogironligi bor bolalar uchun moslashtirilgan, xavfsiz va iknlyuziv ta’lim muhitini yaratish, har bir o‘quvchining individual ehtijoylarini hisobga olgan holda ta’lim imkoniyatlarini kengaytirish, BRM 5-maqsadi “Gender tengligi”, xalq ta’limi sohasida o‘g‘il-qizlar o‘rtasidagi ta’limdagi farqlarni kamaytirish, qiz va o‘g‘il bolalarda uchraydigan o‘qishdagi qiyinchiliklarni teng qo‘llab quvvatlash, hamda BRM 10-maqsadi “Tengsizliklarni kamaytirish”, o‘quvchilar orasidagi lingvistik, kognitiv, jismoniy yoki nevrologik farqlar sabab yuzaga keladigan ijtimoiy tengsizliklarni bartaraf etish, maxsus ehtiyojli o‘quvchilar, turli o‘quv uslublari va rivojlanish darajasiga ega bolalar uchun ta’limning adolatli taqsimlanishini ta’minlashga qaratilgan.