Talaba-yoshlar o‘rtasida axborot texnologiyalari sohasidagi jinoyatlarning oldini olishga bag‘ishlangan uchrashuv

O‘zbekiston Milliy universitetida talaba-yoshlar ongida huquqiy madaniyatni yuksaltirish, zamonaviy axborot makonida yuzaga kelayotgan xavf va xatarlarni tanish, shuningdek, yoshlar o‘rtasida sodir etilayotgan huquqbuzarliklarning oldini olish maqsadida navbatdagi ma’rifiy uchrashuv o’tkazildi. Tadbir “Yoshlar o‘rtasida sodir etilayotgan axborot texnologiyalari sohasidagi jinoyatlar” mavzusiga bag‘ishlandi.

Uchrashuvda universitet rahbariyati, tegishli soha vakillari, professor-o‘qituvchilar, talaba-yoshlar, shuningdek, ommaviy axborot vositalari vakillari faol ishtirok etdi. Tadbirning asosiy maqsadi yoshlar orasida internet va axborot texnologiyalaridan noto‘g‘ri foydalanish oqibatida sodir etilayotgan jinoyatlarning oldini olish, ularning huquqiy savodxonligini oshirish va raqamli makonda mas’uliyatli xatti-harakatlarni shakllantirishdan iboratdir.

Tadbir davomida Ichki ishlar Akademiyasi magistratura tinglovchisi, Toshkent shahar Mirzo Ulug‘bek tumani Ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi boshlig‘i, podpolkovnik Farruh Haydarov tomonidan batafsil ma’ruza taqdim etildi. U o‘z nutqida yoshlar tomonidan ko‘p uchrayotgan kiberjinoyat turlari, jumladan, shaxsiy ma’lumotlar o‘g‘irlanishi, soxta sahifalar orqali firibgarlik, plastik kartalarga noqonuniy kirish, dasturiy mahsulotlar bilan bog‘liq huquqbuzarliklar va ularning oqibatlari haqida atroflicha ma’lumot berdi.

Ma’ruzada, shuningdek, zamonaviy texnologiyalar imkoniyatlari kengayayotган bir paytda, har bir yosh o‘z onlayn faoliyatida ehtiyotkor bo‘lishi, shaxsiy ma’lumotlarini himoya qilishni o‘rganishi ва internetda  ma’sulyatli foydalanish tamoyillariga amal qilishi zarurligi ta’kidlandi. Yoshlarni ogohlikka chaqirish, ularni turli firibgarlik sxemalaridan xabardor qilish, huquqiy jihatdan savodli bo‘lishga undash tadbirning asosий maqsadlaridan biri bo‘ldi.

Uchrashuv yakunida talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilib, sohaga oid dolzarb masalalar yuzasidan mutaxassislardan batafsil javob oldilar. Tadbir talaba-yoshlarning huquqiy bilimlarini mustahkamlash, ularni kiberxavfsizlik madaniyatiga da’vat etish hamда prevention yo‘nalishida muhim ahamiyat kasb etdi.

Scroll to Top