«O‘ZBEKISTON – MENING G‘URURIM»: BAYROQ, MADHIYA VA KONSTITUTSIYA KUNIGA BAG‘ISHLANGAN BADIIY DARS
BMT Barqaror Rivojlanish Maqsadlari Asosida Tashkil Etilgan Tadbir
20-noyabr kuni O‘zbekiston Milliy universiteti Xorijiy filologiya fakulteti, xorijiy til va adabiyot kafedrasi tomonidan XR4-23 guruhlari ishtirokida “O‘zbekiston – mening g‘ururim” mavzusida badiiy ochiq dars o‘tkazildi. Tadbir Davlat bayrog‘i, Madhiya va Konstitutsiya kuni sharafiga bag‘ishlandi. Dars musobaqa shaklda tashkil etilib, 4 ta talabalar jamoasi o‘rtasida bilim va ijodiy bahslar bo‘lib o‘tdi.
Dars stajyor-o’qituvchi Shamiyeva N.A. rahbarligida o‘tkazildi. U talabalarni tayyorgarlik jarayonida doimo qo‘llab-quvvatlab, ularning ijodiy va intellektual salohiyatini to‘liq namoyon etishga ilhomlantirdi.Tadbirda kafedra PhD, katta o’qituvchi Hamdamova Sitora Baxshullayevna va kafedra magistrantlari ishtirok etib, talabalar tashabbusi va ijodini yuksak baholadilar hamda ularga muvaffaqiyat tiladilar.
Mazkur ochiq dars talabalarning Vatanga muhabbatni, bayrog’imiz naqadar azizligini anglashga , o‘qishga va ijodkorlikka bo‘lgan muhabbatini mustahkamlashga xizmat qildi. Shu bilan birga, bu tadbir 4-maqsad: Sifatli ta’lim, 11-maqsad – “Barqaror shaharlar va jamoalar”, 16-maqsad: Tinchlik, adolat va kuchli institutlar ruhini ham ifoda etdi.
Dars yakunida barcha ishtirokchilar O‘zbekiston Madhiyasini bir ovozdan kuylab, davlat ramzlariga sadoqat va muhabbatlarini bildirdilar. Tadbir yoshlarning mustaqil O‘zbekiston kelajagi uchun kuch-quvvat va istagini namoyon etdi.