“Millatlar birligi” festivali – Do‘stlik va bag‘rikenglik bayrami

Do‘stlik va madaniy xilma-xillik

O‘zbekiston Milliy universitetida Xalqaro bag‘rikenglik kuni munosabati bilan an’anaviy tarzda o‘tkazilib kelinayotgan “Millatlar birligi” festivali bu yil ham katta ko‘tarinkilik va o‘ziga xos madaniy ruhda o‘tdi. Tadbirning asosiy maqsadi – universitetda tahsil olayotgan turli millat vakillari o‘rtasida do‘stlikni mustahkamlash, bir-biriga hurmat, hamjihatlik va bag‘rikenglik tamoyillarini yanada chuqurlashtirishdir.

Mazkur festivali orqali talaba-yoshlar o‘z madaniyati, an’analari, urf-odatlari va san’atini namoyish etish imkoniga ega bo‘ldilar. Tashkilotchilar tomonidan yaratilgan do‘stona, quvnoq va rang-barang muhit har bir qatnashchiga o‘zining madaniy merosini keng jamoatchilikka ko‘rsatish, o‘zaro muloqot va madaniy almashinuvni kuchaytirish uchun puxta sharoit yaratdi.

Festivalning asosiy qismlari

Tadbir davomida turli millat vakillarining milliy liboslari, kuy-qo‘shiqlari, an’anaviy raqslari birin-ketin namoyish etildi. Sahnaga chiqqan talabalar o‘z xalqlariga xos qadriyatlarni, milliy ohang va ritmlarni, rang-barang liboslar uyg‘unligini jonli ijro orqali tomoshabinlarga yetkazdilar.

Rangli milliy liboslar, jonli ijrolar, raqslar va sahna chiqishlari festivalga o‘ziga xos joziba baxsh etdi. Tomoshabinlar ham har bir chiqishni olqishlar bilan qarshi oldilar, bu esa tadbirning ayni maqsadga xizmat qilayotganining yaqqol dalili bo‘ldi.

Rangli milliy liboslar, jonli ijrolar, raqslar va sahna chiqishlari festivalga o‘ziga xos joziba baxsh etdi. Tomoshabinlar ham har bir chiqishni olqishlar bilan qarshi oldilar, bu esa tadbirning ayni maqsadga xizmat qilayotganining yaqqol dalili bo‘ldi.

“Millatlar birligi” festivali yoshlar orasida turli madaniyatlar o‘rtasidagi hurmat, totuvlik va o‘zaro hamkorlikning naqadar muhimligini yana bir bor namoyon etdi. Universitet – ko‘plab millat vakillarini birlashtiruvchi maskan sifatida, bu kabi tadbirlar orqali o‘z studentlari o‘rtasida bag‘rikenglik g‘oyasini keng targ‘ib etmoqda.

Scroll to Top