Jismoniy tarbiya va sport sohasini rivojlantirish istiqbollari, muommo va yechimlariga bag‘ishlangan ilmiy-amaliy anjuman

Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universitetida Taekvondo va sport faoliyati fakulteti tomonidan “Jismoniy tarbiya va sport sohasini rivojlantirish istiqbollari: muammo va yechimlari” mavzusida IV Respublika ilmiy-amaliy anjumani bo‘lib o‘tdi.

Mazkur nufuzli anjumanda jismoniy tarbiya va sport sohasida faoliyat olib borayotgan yetakchi olimlar, tajribali mutaxassislar, professor-o‘qituvchilar, shuningdek doktorantlar, magistrlar hamda talabalar ishtirok etdi.

Tadbirning asosiy maqsadi – mamlakatimizda jismoniy tarbiya va sport tizimini yanada rivojlantirish, mavjud muammolarni tahlil qilish hamda ularning samarali yechimlarini ishlab chiqishdan iboratdir. Shuningdek, anjumanda sportni ommalashtirish, sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib etish va yoshlar o‘rtasida sport madaniyatini shakllanti

Anjuman davomida ishtirokchilar tomonidan sport infratuzilmasini rivojlantirish, malakali kadrlar tayyorlash, zamonaviy ilmiy-uslubiy yondashuvlarni joriy etish, sport psixologiyasi hamda sport tibbiyoti kabi yo‘nalishlardagi yangiliklar haqida ma’ruzalar tinglandi.

Mutaxassislar ta’kidlaganidek, bugungi kunda sport sohasining har tomonlama rivojlanishi uchun davlat darajasida keng imkoniyatlar yaratilgan. Shu bilan birga, sohada mavjud ayrim kamchiliklar – murabbiylar malakasini oshirish, sport ilmiy tadqiqotlarini amaliyotga tatbiq etish, xalqaro tajribalarni o‘rganish kabi masalalarga ham e’tibor qaratish zarurligi qayd etildi.

 

 

Anjumanda yosh olimlar, doktorantlar va magistrlar o‘z ilmiy izlanishlari natijalarini taqdim etishdi. Ularning taqdimotlari jismoniy tarbiya metodikasini takomillashtirish, sportchilar salomatligini saqlash, sportdagi raqamli texnologiyalarni qo‘llash kabi dolzarb yo‘nalishlarga bag‘ishlandi.

 

Tadbir yakunida faol ishtirok etgan ma’ruzachilar taqdirlandi. Ishtirokchilar bunday ilmiy-amaliy anjumanlar sport sohasi uchun katta amaliy ahamiyat kasb etishini, u nafaqat tajriba almashish, balki yosh kadrlar uchun o‘z salohiyatini namoyon etish imkonini berishini ta’kidlashdi.

Shu tarzda, O‘zbekiston Milliy universitetida o‘tkazilgan mazkur anjuman sport sohasida ilmiy yondashuvni kuchaytirish, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish va yosh avlodni vatanparvar, jismonan baquvvat shaxs sifatida tarbiyalash yo‘lidagi muhim qadamlardan biri bo‘ldi.

Scroll to Top