QGIS va iqlim resurslari bo‘yicha seminar

O‘zMUda Germaniya mutaxassislari bilan 

18–19 oktabr kunlari O‘zbekiston Milliy universiteti Gidrometeorologiya fakultetida Germaniyaning Potsdam iqlim tadqiqotlari instituti mutaxassislari bilan hamkorlikda “QGIS basics and general overview of educational climate resources and water” mavzusida o‘quv-amaliy seminar bo‘lib o‘tdi.

📊 Seminarda institut mutaxassislari Oleksandra Khala va Dr. Lulii Didovets ikki kun davomida fakultetning “Yosh gidrometeorolog” to‘garagi a’zolariga QGIS dasturida ishlash bo‘yicha boshlang‘ich bilimlar hamda O‘rta Osiyoda 2100-yilgacha prognoz qilinayotgan turli xil iqlimiy ssenariylar yuzasidan ma’ruzalar taqdim etdilar.

🌍 Tadbir davomida talabalar nafaqat QGIS dasturidan foydalanishning amaliy ko‘nikmalarini egallashdi, balki global iqlim o‘zgarishi, suv resurslarini boshqarish va ekologik xavfsizlik masalalari bo‘yicha ham muhim ma’lumotlarga ega bo‘ldilar.

🎓 Seminar yakunida barcha ishtirokchilar maxsus sertifikatlar bilan taqdirlanib, ular uchun kelgusida ilmiy va amaliy faoliyatda qo‘llash mumkin bo‘lgan yangi bilim va tajriba eshigi ochildi.

Scroll to Top