Seminar: iqlim o‘zgarishi va suv resurslaridan oqilona foydalanish

O‘zMUda iqlim o‘zgarishi va suv resurslaridan oqilona foydalanish masalalari muhokama qilindi

O‘zbekiston Milliy universiteti Gidrometeorologiya fakultetida Hindistonning Kharagpur Universiteti bilan hamkorlikda xalqaro seminar bo‘lib o‘tdi. Tadbir shu yilning 7–8 kunlari tashkil etilib, “ iqlim o‘zgarishi va suv resurslaridan oqilona foydalanish ” mavzusiga bag‘ishlandi.

🌍 Seminarda hindistonlik mutaxassislar o‘z ma’ruzalari bilan qatnashib, iqlim o‘zgarishining asosiy sabablari, uning turli sohalarga ta’siri hamda mavjud muammolarni hal etish yo‘llarini ilmiy asosda tahlil qildilar.

💧 Tadbir davomida suv resurslaridan oqilona foydalanish va ularni samarali boshqarish masalalariga ham alohida e’tibor qaratildi. Mutaxassislar suv taqchilligi muammosi, suvdan qayta foydalanish imkoniyatlari va ekologik xavfsizlikni ta’minlashga qaratilgan zamonaviy yondashuvlar haqida o‘z tajribalari bilan o‘rtoqlashdilar.

📌 Seminar yakunida ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollariga javob oldilar. Ushbu ilmiy uchrashuv ikki universitet o‘rtasidagi hamkorlikni mustahkamlash bilan birga, iqlim o‘zgarishi va suv resurslari boshqaruvi sohasida yangi g‘oyalar va amaliy tajribalar almashinuvi uchun muhim maydon bo‘ldi.

Scroll to Top