O'zMU DA iqlim va suv muammolariga

 bag‘ishlangan xalqaro anjuman

O‘zbekiston Milliy universitetida “O‘zbekistonda iqlim o‘zgarishi muammolarini ta’limga integratsiya qilish: suv muammolari kontekstida” mavzusida xalqaro anjuman bo‘lib o‘tdi. Tadbir Gidrometeorologiya fakulteti, Gidrometeorologiya xizmati agentligi va O‘zbekiston geografiya jamiyati hamkorligida, Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 9-iyundagi 305-F-sonli Qarori asosida tashkil etildi.

Suv va iqlim muammolariga e’tibor

💠 Anjumanda asosiy urg‘u iqlim o‘zgarishi oqibatida suv resurslarining kamayib borishi, suv xavfsizligini ta’minlash va barqaror boshqaruv masalalariga qaratildi. Mutaxassislarning ta’kidlashicha, O‘zbekistonda suv tanqisligi iqlim o‘zgarishining eng keskin oqibatlaridan biri bo‘lib, bu jarayon qishloq xo‘jaligi, sanoat va aholining hayotiy faoliyatiga bevosita ta’sir ko‘rsatmoqda. Shuningdek, ta’lim tizimiga iqlim va suv muammolarini chuqur integratsiya qilish kelajak avlodni ushbu global muammolarga tayyorlashda muhim qadam sifatida qayd etildi.

💠 Anjuman ishida Rossiya, Yaponiya, Avstraliya, Gruziya va Tojikiston kabi mamlakatlarning yetakchi oliy ta’lim muassasalari olimlari va mutaxassislari qatnashib, o‘z ilmiy izlanishlari hamda tajribalari bilan o‘rtoqlashdilar. Ular iqlim o‘zgarishi fonida suv resurslarini boshqarish, xalqaro ilmiy hamkorlikni kuchaytirish va innovatsion texnologiyalarni joriy etish zarurligini ta’kidladilar.

Scroll to Top