O‘zbekiston Milliy universitetida “Yangi O‘zbekistonni birgalikda barpo etamiz” shiori ostida yosh iqtidorlar uchun ilmiy-tadqiqot tanlovi o‘tkazildi

Joriy yilning 16-may sanasida O‘zbekiston Milliy universiteti Ijtimoiy fanlar fakultetida yosh tadqiqotchilarni qo‘llab-quvvatlash, ularga innovatsion imkoniyatlar yaratish va nazariy bilimlarni amaliyot bilan uyg‘unlashtirish maqsadida “Yangi O‘zbekistonni birgalikda barpo etamiz!” shiori ostida ilmiy-tadqiqot tanlovi tashkil etildi.

Tadbirda yosh olimlar va iqtidorli talabalar o‘z ilmiy ishlanmalari, innovatsion g‘oyalari va startap loyihalarini taqdim etishdi. Ishtirokchilar ilm-fan va texnologiyalarni rivojlantirish, iqtisodiy innovatsiyalarni joriy etish, ekologik barqarorlikni ta’minlash, shuningdek, xalqaro hamkorlik va integratsiya yo‘nalishlarida o‘z izlanishlarini namoyish etdilar. Bu jarayon orqali yoshlar nafaqat ilmiy salohiyatini oshirish, balki yangi texnologiyalar yaratish, innovatsion yechimlarni amaliyotga tadbiq etish va hududiy hamda milliy rivojlanishga hissa qo‘shish imkoniyatiga ega bo‘ldilar.

Tadbir doirasida yoshlarni startap va innovatsion loyihalarni ishlab chiqishga rag‘batlantirish, ilmiy-tadqiqot faoliyatini qo‘llab-quvvatlash, shuningdek, kadrlar tayyorlash tizimini mustahkamlash bo‘yicha muhim masalalar muhokama qilindi. Universitet professor-o‘qituvchilari va soha mutaxassislari ishtirokchilarga amaliy maslahatlar berib, innovatsion yondashuvlarni kengaytirish, yangi texnologiyalarni joriy etish va ilmiy-tadqiqot jarayonlarini samarali tashkil etish bo‘yicha tavsiyalar bildirdilar.

Shuningdek, tadbir yoshlarni ilmiy izlanishlarda hamkorlik qilishga, tajriba almashishga va yangi innovatsion platformalarni yaratishga undadi. Tanlov orqali yoshlarda ijodiy fikrlash, texnologik yechimlarni ishlab chiqish, ilmiy g‘oyalarni amaliyotga tadbiq etish va startap madaniyatini rivojlantirish ko‘nikmalari shakllantirildi.

 

Scroll to Top