UNIVERSITET ICHKI NIZOMLARI VA AXLOQ QOIDALARI

Universitetda ichki tartib, odob-axloq qoidalari va boshqa ichki me’yoriy hujjatlariga rioya qilinishini nazorat qiluvchi mas’ul xodimlar quyidagilar bo‘lishi mumkin:

  1. Ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha prorektor (hamda prorektor o‘rinbosari)
  2. Dekanlar va dekan o‘rinbosarlari
  3. Talabalar turar joyi ma’muriyati (TTJ rahbarlari)
  4. Universitet xotin-qizlar qo’mitasi raisasi
  5. Profilaktika inspektori

MA'NAVIY - MA'RIFIY ISHLAR BO'YICHA PROREKTOR

MUHAMMADIYEV JABBOR

Talabalar va xodimlar o‘rtasida odob-axloq qoidalariga amal qilinishini nazorat qiladi, tarbiyaviy tadbirlarni tashkil etadi va muvofiqlashtiradi. j.muhammadiev@nuu.uz

“O‘zbekiston Milliy Universitetida axloqiy qadriyatlarni mustahkamlash”

Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universitetida axloqiy me’yorlarga rioya qilinishini nazorat qilish uchun tizimli mexanizm mavjud. Buning dalili sifatida birinchi prorektor Jabbor Muhammadiyev va profilaktika inspektorlari universitetning “Qalqon” ko‘ngilli jamoatchilik guruhi bilan uchrashuv o‘tkazdi. “Qalqon” guruhi talabalarda halollik, hurmat va adolat tamoyillarini shakllantirish, jamoat tartibini saqlash va huquqbuzarlikning oldini olish bilan shug‘ullanadi. Tadbir davomida talabalarga vazifalariga mas’uliyat bilan yondashish, tinchlik va tartibni ta’minlash bo‘yicha tushuntirishlar berildi.

Universitetda talabalarda axloqiy qadriyatlarni shakllantirish bo‘yicha kengaytirilgan yig‘ilish

O‘zbekiston Milliy universiteti Ijtimoiy fanlar fakultetida «Siyosatshunoslik» yo‘nalishi talabalari, tyutorlar va professor-o‘qituvchilar uchun kengaytirilgan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Tadbirda talabalarda halollik, hurmat, adolat va xilma-xillik qadriyatlarini shakllantirish, turar joylarda xavfsizlik va tartib-intizomni ta’minlash masalalari muhokama qilindi.

Yig‘ilish davomida universitet strategik hujjatlarida belgilangan axloqiy qadriyatlar va ularni nazorat qiladigan maxsus bo‘lim faoliyati haqida tushuntirish berildi. Tyutorlar va pedagoglar talabalarni qo‘llab-quvvatlash va ma’naviy yuksalishini ta’minlash bo‘yicha tajriba almashdilar.

Mazkur tadbir universitetdagi axloqiy qadriyatlarni rivojlantirish va ta’lim jarayonini samarali tashkil etishga xizmat qildi.

Axloqiy qadriyatlar va talabalar xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha kengaytirilgan yig‘ilish

O‘zbekiston Milliy universiteti axborot-resurs markazi majlislar zalida tyutor va tarbiyachi-pedagoglar uchun kengaytirilgan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Tadbirda universitet rahbariyati, professor-o‘qituvchilar, dekan o‘rinbosarlari va profilaktika organlari vakillari ishtirok etdi.

Yig‘ilishda talabalarning tartib-qoidalar va yaratilgan sharoitlardan to‘g‘ri foydalanishi, turar joylarda xavfsizlikni ta’minlash va pedagogik faoliyatni samarali tashkil etish masalalari muhokama qilindi. Tadbir davomida tyutor va tarbiyachi-pedagoglarga talabalarda halollik, hurmat, adolat va xilma-xillik qadriyatlarini shakllantirish, jamoaviy tartib-intizomni ta’minlash bo‘yicha yo‘riqnomalar berildi.

Universitet o‘z strategik hujjatlarida axloqiy qadriyatlarni belgilagan va bu qadriyatlarni amalga oshirishni nazorat qiladigan maxsus bo‘lim ham mavjud. Tadbir natijasida pedagoglar talabalarning ma’naviy yuksalishi va xavfsizligini ta’minlashda yanada samarali ishlash imkoniga ega bo‘ldi.

Yoshlar bilan ishlash, maʼnaviyat va maʼrifat boʼlimi

Universitetdagi ma’naviy va tarbiyaviy ishlarni muvofiqlashtiradi, ichki tartib-qoidalar va odob-axloq me’yorlariga rioya qilinishini nazorat qiladi.Bu borada talabalar o’rtasida turli xil maruzalar tashkillashtiradi. Yoshlarni milliy qadriyatlar ruhida tarbiyalash, ularda adolat, hayo, teng huquqlilik tuyg‘ularini singdirish, ularni milliy qadriyatlarga mehr-muhabbatga chorlaydi. bunga talabalar o‘rtasida o‘tkazilayotgan turli treninglar va milliy qadriyatlarga nisbatan tenglik va adolatni targ‘ib qiluvchi turli tuman tadbirlari orqali erishadilar.

FAKULTET DEKANLARI VA DEKAN O'RINBOSARLARI

Fakultet darajasida ichki tartib-qoidalar va odob-axloq me’yorlariga rioya qilinishini ta’minlaydi, talabalar intizomi va darslarga qatnashishini nazorat qiladi. Talabalar bilan individual ishlaydi, kerakli hollarda maslahatlar beradi.

TALABALAR TURAR JOYI MA'MURIYATI

Talabalar turar joylarida yashovchi talabalar uchun ichki tartib va odob-axloq qoidalariga amal qilinishini nazorat qiladi, kechki vaqtlarda rejimga rioya qilinishini tekshiradi. Shuningdek,talabalar o‘rtasida turli treninglar tashkil etib, ularni adolat, tenglik va mehr-oqibatli hayot sari targ‘ib qilish hamda barcha talabalar turar joyi binolari va maydoni hududida hashar tashkil etiladi. Yotoqxona binolarining ichki va tashqi hududida obodonlashtirish ishlari olib boriladi.

AYOLLAR MASALALARI BO‘YICHA MASLAHAT KENGASHI RAISI, REKTOR MASLAHATCHISI

Xotin-qizlar qo‘mitasi: O‘zbekiston Milliy universitetida 522 nafar ayol xodim va 11 ming 714 nafar talaba qizlar o‘rtasida odob-axloq, o‘zaro tenglik va adolat tushunchalari bo‘yicha ko‘plab ishlar olib borilmoqda.

PROFILAKTIKA KATTA INSPEKTORI, PODPOLKOVNIK - ALISHER ABDULHAQOV

Mas’ullar tomonidan talabalar o‘rtasida huquqbuzarlik va jinoyatchilikning oldini olish, korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish, turli zararli oqimlar ta’siriga tushib qolmaslik, universitet Odob-axloq kodeksi va ichki tartib qoidalariga rioya etish, sog‘lom turmush tarziga amal qilish borasida zarur tushuncha va ko‘nikmalar berildi.

Amaliyotchi talabalarning xavfsizligini ta’minlash yuzasidan zarur chora-tadbirlar ko‘rilmoqda

O‘zbekiston Milliy universitetiga qarashli mazkur amaliyot lagerida talabalar bilan profilaktika inspektori, leytenant U.F.Xidirov muloqot qildi.Talablarga ichki tartib va odob-axloq qoidalariga qat’iy rioya qilish, sog‘lom turmush tarziga amal qilish bo‘yicha zarur ko‘rsatmalar berildi.Shuningdek, muddatli harbiy xizmatni o‘tagan va jismonan chiniqqan yigitlar saralab olinib, lager hududini muntazam nazoratda saqlash maqsadida “Qalqon” guruhi tashkil etildi.

Scroll to Top