O‘zbekiston Milliy universitetiga qarashli 5-sonli talabalar turar joyida Ijtimoiy fanlar fakultetining iqtidorli qizlari o‘rtasida “Pazanda qizlar” ko‘rik tanlovi tashkil etildi. Bu tanlov universitetimizda ancha yillardan beri o’tkazilib kelinadi va shuningdek guruhlar tarkibi o’zgartirilib turadi.Galdagi guruh 1-bosqich talabalaridan iborat bo’lgan jamoalardan iborat edi. Qavatlar kesimida o‘tkazilgan mazkur tanlovda ishtirokchi qizlar o‘z pazandachilik mahoratini namoyish qilishdi.Tanlovni o’tkazishdan maqsad o’z milliy taomlarimizni keng doirada tarannum etish va yosh talaba qizlarni kelgusida kata xayotga tayyorlashdan iboratdir. Tadbirda xar bir gurux bir-biridan ajoyib o’zbek milliy taomlarini xilma-xil usulda tayyorladilar va har bir taomning aloxida o’zini kelib chiqish tarixi va qaysi shaxarda ommalashganligini ma’lumot o’rnida berib ketishdi.Tanlov uchun tayyorlangan taomlar maxsus hakamlar hay’ati tomonidan baholandi.Tadbir yakunida faol ishtirok etgan barcha qizlar qimmatbaxo estalik sovg’alar va tashakkurnomalar bilan taqdirlandi hamda fotosuratlarga tushishdi. |