«Psixologiyaning zamonaviy tendensiyalari va istiqbollari» mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya o‘tkazildi

Ijtimoiy fanlar fakulteti “Umumiy psixologiya” hamda “Ijtimoiy psixologiya” kafedralari professor Ergash Gʻoziyevich Gʻoziyev xotirasiga bag‘ishlangan «Psixologiyaning zamonaviy tendensiyalari va istiqbollari» mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyasini tashkil etdi.

Mazkur konferensiya “Umumiy psixologiya” kafedrasi mudiri, professor va psixologiya fanlari doktori Dilbar Muxamedova tomonidan ochib berildi. Tadbir davomida, dotsent, psixologiya fanlari nomzodi Nabi Majidov professor Ergash Gʻoziyevich Gʻoziyev tomonidan yaratlangan ilmiy maktabning asosiy nazariyalarini konferensiya ishtirokchilariga taqdim etdi.

Tadbirda so‘zga chiqqanlar professor E.Gʻoziyevning psixologiya ilmi sohasidagi yutuqlari va yaratgan ilmiy maktabi psixologiyaning metodologik asoslarini shakllantirganini alohida ta’kidlashdi. Shuningdek, professor, psixologiya fanlari doktori Vasila Karimova «Global rivojlanish jarayonida ijtimoiy psixologiya taraqqiyotining tamoyillari» mavzusida ma’ruza qilgan holda psixologiyaning dolzarb masalalari va metodologik asoslarini keng yoritib berdi.

Konferensiya davomida professorning shogirdlari, ilmiy jamoalari va hamkasblari professor E.Gʻoziyevning psixologiya ilmi sohasidagi erishgan yutuqlari hamda yaratgan psixologik ilmiy adabiyotlari yosh avlod uchun amaliy dastur sifatida xizmat qilib kelayotganligini, shu bilan birga psixologiya sohasining metodologik asosi bo‘lib qolmoqdaligini ta’kidlashdi.

Konferensiya ishtirokchilari, talabalar hamda xorijiy universitetlarning professor-o‘qituvchilari tomonidan katta qiziqish bilan tinglandi, bu ilmiy tadbir psixologiya sohasidagi ilg‘or fikrlarni va zamonaviy yondashuvlarni muhokama qilish uchun ajoyib platform vazifasini bajardi.

Scroll to Top