Iqtisodiyot fakulteti dekan maslahatchisi “Ma’naviyat fidoyisi” ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi

Toshkent tumanida “Ezgulik shiorimiz marifat qurolimiz” shiori ostida ma’naviy ma’rifiy tadbir o‘tkazilda. Tadbirga oilada ezgulik, marifat ziyosini taratayotgan onajonlar taklif etildi.

Mazkur tadbir ishtirokchilaridan biri Iqtisodiyot fakulteti xotin-qizlar masalalari bo‘yicha dekan maslahatchisi Azizaxon Mirzayeva o‘zining davlat va jamiyat hayotida faol ishtirok etishi, shuningdek, yosh avlodni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashdagi munosib hissasi uchun Respublika ma’naviyat va marifat markazi tomonidan “Ma’naviyat fidoyisi” ko‘krak nishoni hamda bayram sovg‘alari bilan taqdirlandi. U ko‘plab ijtimoiy loyihalarda va tadbirlarda faol qatnashib, jamiyatda ayollarning o‘rni va roli, shuningdek, yoshlarning ma’naviy va axloqiy tarbiyasi bo‘yicha amaliy ishlarni amalga oshirmoqda.

Shuningdek Azizaxon Mirzayeva ommaviy axborot vositalariga bergan nutqida davlatimizda ayollarga ajratilayotgan imkoniyatlar hamda yoshlar O‘zbekistonning kelajagi ekanligi va ularning tarbiyasiga alohida etibor qaratish hmda vatanparvarlik ruhida tarbiyalash har biro ta-onaning burchi ekanligini ta’kidladi.

Ma’lumot o‘rnida, “Ma’naviyat fidoyisi” ko‘krak nishoni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining tegishli qaroriga muvofiq ta’sis etilgan bo‘lib, mazkur mukofot jamiyatda ma’naviy muhitni barqarorlashtirish, axloqiy qadriyatlarni yuksaltirish va yosh avlodni tarbiyalashga katta hissa qo‘shayotgan shaxslarni rag‘batlantirish maqsadida beriladi. Ushbu e’tirofga, asosan, davlat xizmatchilari, ta’lim, madaniyat, san’at, sog‘liqni saqlash va boshqa sohalarda samarali ishlayotgan, shuningdek, ijtimoiy va ma’naviy masalalar bo‘yicha faoliyat olib borayotgan jamoatchilik vakillari sazovor bo‘ladi.

Leave a Comment

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Scroll to Top