O‘zbekiston Milliy universitetida – Yoshlar festivali!

O‘zbekiston Milliy Universitetida talaba yoshlar va universitet qoshidagi mahallalarda istiqomat qiluvchi yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazish hamda yoshlarning ijodiy salohiyatini rivojlantirish, ularni birlashtirish va madaniy hayotga faol jalb qilish maqsadida joriy yilning 1-mart sanasida “Yoshlar festivali” o‘tkazildi.

Festival doirasida bir qator qiziqarli tadbirlar tashkil etildi. Ular orasida yosh musiqa ixlosmandlari ishtirokidagi “Havaskor gitara ishqibozlari” tanlovi, adabiyot ishqibozlari uchun “Gulxan atrofida” mushoira kechasi va ijodkorlar tanlovi, shuningdek, noodatiy musobaqa “Shashlik day” oshpazlik bellashuvi alohida e’tiborga molik bo‘ldi.

“Shashlik day” musobaqasi yoshlar orasida eng katta qiziqish uyg‘otdi. Shuningdek, “Havaskor gitara ishqibozlari” tanlovi va mushoira kechasida yoshlar o‘z iste’dodlarini namoyish etish imkoniyatiga ega bo‘lishdi. Ushbu tanlovlarning g‘oliblari uchun 1-o‘rin sohiblariga 700 000 so‘m, 2-o‘ringa 500 000 so‘m,
3-o‘ringa esa 300 000 so‘m miqdorida pul mukofotlari ajratildi va o‘z egalariga topshirildi.

1-o’rin:

👉 Kimyo fakulteti

👉 Fizika fakulteti

👉 Gidrometeorologiya fakulteti

2-o’rin:

👉 Iqtisodiyot fakulteti

👉 Tarix fakulteti

👉 Amaliy matematika va intellektual texnologiyalar fakulteti

3-o’rin:

👉 Biologiya fakulteti

👉 Geografiya va geoaxborot tizimlari fakulteti

👉 O’zbek filologiyasi fakulteti

Festivalning umumiy mukofot jamg‘armasi 4 800 000 so‘mni tashkil qildi.

Bunday tadbirlar nafaqat talabalarning bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazish, balki ularni birlashtirish, san’at va madaniyatga qiziqishini oshirish hamda jamiyatda sog‘lom ijtimoiy muhit yaratishga xizmat qiladi.

Leave a Comment

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Scroll to Top