“Alisher Navoiy ta’limotida vatan timsoli” nomli ma’naviy-ma’rifiy tadbir bolib o’tdi

2024-yil 8-fevral kuni so’z mulkining sultoni Alisher Navoiy tavalludining 583 yilligi doirasida Ijtimoiy fanlar fakulteti “Falsafa va mantiq” kafedrasi tashabbusi bilan “Alisher Navoiy ta’limotida vatan timsoli” nomli ma’naviy-ma’rifiy tadbir bolib o’tdi.

Tadbirni “Falsafa va mantiq” kafedrasi mudiri, falsafa fanlari doktori, professor Shahnoza Madayeva ochib berdi. U o‘z nutqida ushbu anjumanning ahamiyatini ta’kidlab, talaba-yoshlarga milliy qadriyatlarni anglash va ularga hurmat bilan munosabatda bo‘lish muhimligini qayd etdi. Shuningdek, anjumanga taklif etilgan navoiyshunos olim, O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi professori, filologiya fanlari doktori A.S.Erkinov o‘z nutqida buyuk alloma Alisher Navoiy ijodida aks etgan vatanparvarlik g‘oyalari, uning asarlari orqali milliy ong va madaniyatni shakllantirishdagi o‘rni haqida atroflicha ma’lumot berdi. U Navoiy asarlaridagi g‘oyalar faqat o‘z davrida emas, balki bugungi kunda ham dolzarbligini yoqotmaganligini ta’kidladi. O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining yana bir tadqiqotchisi M.O.Madayeva talaba-yoshlarga Alisher Navoiy asarlarining ahloqiy tarbiya, jamiyatdagi birdamlik va insoniy qadriyatlarni mustahkamlash borasidagi o‘rnini yoritib berdi. U o‘z chiqishida Navoiy ijodining bugungi kundagi dolzarbligiga alohida urg‘u berib, yoshlarni ilm-fan va ma’rifat yo‘lidagi faoliyatlariga turtki bo‘lishi mumkin bo‘lgan qimmatli o‘gitlar bilan bo‘lishdi.

Tadbir davomida ishtirokchilar mutaxassislarga o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilishdi va atroflicha, mazmunli javoblar olishdi.

Tadbirning madaniy qismida Respublika San’at va madaniyat kolleji talabalarining Alisher Navoiy g‘azallari bilan aytilgan kuy-qo’shiqlari, mumtoz raqslari tadbirga o‘zgacha shukuh baxsh etdi.

Leave a Comment

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Scroll to Top