«O‘zbekiston – 2030» strategiyasini «Yoshlar va biznesni qo‘llab-quvvatlash yili»da amalga oshirishga oid Prezident Farmoni loyihasida belgilangan chora-tadbirlarning mazmuni va mohiyati yuzasidan keng jamoatchilik muhokamasi tashkil etildi

O‘zbekiston Milliy universitetida «Siyosatshunoslik» kafedrasi tomonidan «Taraqqiyot strategiyasi» markazi bilan hamkorlikda «O‘zbekiston – 2030» strategiyasini «Yoshlar va biznesni qo‘llab-quvvatlash yili»da amalga oshirishga oid Prezident Farmoni loyihasida belgilangan chora-tadbirlarning mazmuni va mohiyati yuzasidan keng jamoatchilik muhokamasi tashkil etildi.

Mazkur tadbirda, Prezident Farmoni loyihasining umumiy mazmuni, 2030-yilga qadar O‘zbekistonda iqtisodiy, siyosiy, ijtimoiy va madaniy sohalarda kutilyotgan rivojlanishlar, shuningdek, «Yoshlar va biznesni qo‘llab-quvvatlash yili»da yoshlarni ish bilan ta’minlash, tadbirkorlikni rivojlantirish va yangi ish o‘rinlari yaratishga qaratilgan chora-tadbirlar muhokama qilindi. Tadbirda jamoatchilik tomonidan taqdim etilgan takliflar va ularning davlat dasturiga qanday ta’sir ko‘rsatishi mumkinligi tahlil qilindi. Shuningdek, takliflar asosida strategiyani yanada samarali amalga oshirish yo‘llari va har bir yo‘nalish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlarning monitoringi haqida batafsil tushuntirishlar berildi.

Tadbirda «Siyosatshunoslik» yo‘nalishi talabalari, nodavlat notijorat tashkilotlari vakillari va OAV xodimlari ishtirok etdi. Kafedra mudiri, siyosiy fanlar doktori, dotsent Usmonjon Bo‘tayev 2024-yilgi Davlat dasturi loyihasining mazmuni va unda nazarda tutilayotgan chora-tadbirlar haqida to‘xtalib o‘tdi.

«Taraqqiyot strategiyasi» markazi bo‘lim boshlig‘i Anvar Mirakilov esa Davlat dasturi loyihasining beshta yo‘nalishida belgilangan vazifalar to‘g‘risida ma’lumot berdi. Shuningdek, ayni kunga qadar Markaz tomonidan ishlab chiqilgan portal va jamoatchilikdan kelib tushgan konseptual takliflar tahlil qilinib, ularning soha va tarmoqlar kesimida qanday samarali bo‘lishi haqida fikr almashildi.

Leave a Comment

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Scroll to Top