Germaniyaning Leybnits o‘tish davridagi iqtisodiyotda qishloq xo‘jaligini rivojlantirish institute delegatsiyasi O’zMUda

Bugun Germaniyaning Leybnits o‘tish davridagi iqtisodiyotda qishloq xo‘jaligini rivojlantirish instituti (IAMO) bo‘lim boshlig‘i, Berlindagi Humbold universiteti professori Daniel Muller O‘zbekiston Milliy universitetiga tashrif buyurdi.

Delegatsiyani xalqaro aloqalar bo‘yicha prorektor Raima Shirinova kutib oldilar.

Tashrifning asosiy maqsadi O‘zbekiston va Germaniya davlatlari o‘rtasida ilmiy tadqiqot va ta’lim sohasida hamkorlikni yo‘lga qo‘yish va rivojlantirishdan iborat. Xususan, delegatsiya quyidagilarni taklif qildi:

  • Iqlim o‘zgarishi sharoitida yer va suv resurslaridan oqilona foydalanish.
  • Uglerod gazlari va “issiqxona effekti” gazlarini kamaytirishga qaratilgan tadqiqotlar olib borish.
  • Qayta tiklanadigan energiya va qishloq xo‘jaligidagi innovatsiyalarni rivojlantirish.

Germaniya hukumati tomonidan e’lon qilingan iqlim va barqarorlik sohasidagi loyihalarni moliyalashtirish tanlovida O‘zMUni hamkor sifatida qatnashishga taklif etildi.

Shuningdek, IAMO va O‘zMU o‘rtasida:

  • Muayyan yo‘nalishlarda almashinuv dasturlarini tashkil etish.
  • Malaka oshirish kurslari va tadqiqotlarni birgalikda olib borish.
  • O‘quv va uslubiy hamkorlikni rivojlantirish yuzasidan kelishuvlarga erishildi.

IAMO Markaziy va Sharqiy Yevropa hamda Markaziy va Sharqiy Osiyoda qishloq xo‘jaligini rivojlantirish masalalariga e’tibor qaratadi.

Hamkorlik natijasida qishloq xo‘jaligida barqaror amaliyotlarni yo‘lga qo‘yish, suv resurslarini boshqarish va energiya tejovchi texnologiyalarni rivojlantirishga qaratilgan muhim loyihalar amalga oshirilishi kutilmoqda.

Scroll to Top