
O‘zbekiston Milliy universitetida “Biz bir bo‘lsak – yagona xalqmiz, birlashsak – vatanmiz!” g‘oyasi asosidagi “Ma’naviyat marafoni” loyihasi doirasidagi “Fazilatli qiz”, “Fazilatli yigit” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi.
Unda universitet rahbariyati, professor-o‘qituvchilar, soha vakillari, talaba-yoshlar va ommaviy axborot vositalari ishtirok etdi.
Davra suhbatida 2-darajali «Sog‘lom avlod uchun» ordeni sohibi, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, shoir Dilshod Rajab, universitet xotin-qizlar masalalari bo‘yicha rektor maslahatchisi, dotsent Ra’no Rustamova, shuningdek, O’zbek filologiyasi fakulteti talabalari, Erkin Vohidov nomidagi maxsus stipendiya sovrindori Shirinmoh To‘rayeva, Zulfiya nomidagi davlat mukofoti sovrindori Nilufar Ergasheva, Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabi bitiruvchisi Shahrizoda Botirova mavzu yuzasidan fikr-mulohazalari bilan o‘rtoqlashishdi.


