Bugun, 9-iyul kuni, O’zMU xalqaro aloqalar bo’yicha prorektor Raima Shirinova boshchiligidagi milliy universitetning xalqaro aloqalar jamoasi Ruijie Network Co kompaniyasining delegatsiyasini qabul qildi.
Uchrashuvda, yaqin Sharq va Afrika mintaqasi bosh direktori Lin Yan, Stiven, Ruijie Global Enterprise kompaniyasining texnik direktori Chensin Qin, mintaqaviy direktor Javlon Nurmatov, Ruijie Networks kompaniyasining O’zbekistondagi vakili va Otaboyev Mirzohid, savdo menejeri qatnashdilar.
Uchrashuv davomida Ruijie Network jamoasi o’zining innovatsion Network va «Smart universitet»sxemasini taqdim etdi. Taqdimot davomida ta’lim muassasalarining o’zaro hamkorligi va samaradorligini oshirishga qaratilgan ilg’or texnologiyalar va strategiyalar namoyish etildi.
Uchrashuvda, tomonlar hamkorlik imkoniyatlarini yanada o’rganish va amalga oshirish rejasini takomillashtirish uchun IT va universitetning innovatsion ilmiy tadqiqotlar jamoasi bilan keyingi uchrashuv o’tkazishni kelishib olishdi.