KOREYALIK TILSHUNOSLAR BILAN ILMIY TADQIQOTLAR MUHOKAMASI

Joriy yilning 9-iyul kuni O’zbekiston Milliy universitetiga Koreys tili Milliy tadqiqot instituti rahbari Jung Heewon, ilmiy hodim Kang Miyoung, Yu Huijeoung, Kyung Hee universiteti professori Lee Jung Hee hamda professor Park Jimin, Honam universiteti professori Dilnoza Kalonovalar tashrif buyurishdi.

O’zMU xalqaro aloqalar bo’yicha prorektori Raima Shirinova, Kompyuter lingvistikasi va amaliy tilshunoslik kafedrasi mudiri, prof. Nilufar Abduraxmonova hamda xalqaro talabalar bilan ishlash bo’limi boshlig’i Diyora Islomovalar mehmonlar bilan muzokara olib borishdi.

Tashrifdan maqsad Koreys tili Milliy institutda amalga oshirilayotgan parallel korpus yaratishga doir ishlarda o’zbek tili korpus lingvistikasiga oid tadqiqotlar bilan tanishish va kelgusida ushbu sohada xalqaro hamkorlikni yo’lga qo’yish nazarda tutilgan.

O’zMUda korpus lingvistikasi doirasida olib borilayotgan tadqiqotlar yuzasidan kafedra mudiri Nilufar Abduraxmonova taqdimot namoyish qildi.

Kelgusida mazkur soha doirasida keng qamrovli ilmiy ishlar olib borish hamda ikki tashkilot o’rtasida manfaatli loyihalar qilish bo’yicha takliflar ilgari surildi.

Leave a Comment

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Scroll to Top