O‘zbekiston Milliy universiteti uzoq yillardan buyon M.Kozibayev nomidagi Shimoliy Qozog‘iston universiteti bilan hamkorlik qilib kelmoqda.
Hamkorlik doirasida professor o‘qituvchilar almashinuvi, talabalarning akademik mobillik hamda xalqaro konferensiyalarda ishtirok etish kabi hamkorliklar yo‘lga qo‘yilgan.
Hozirgi kunda M.Kozibayev nomidagi Shimoliy Qozog‘iston universitetining matematika va tabiy fanlar fakultetining shu yo‘nalishi 3-kurs talabalari hamda, ikki nafar professorlar O‘zbekiston Milliy universitetida bo‘lib turibdilar. Ular O’zMUga qarashli chorvoq dala amaliyotida yo‘nalishlari bo‘yicha turli xil tajribalar olib borishdi va shu bilan birga O‘zbekistonning tabiati, ekologiya, tog‘ tizmalari borasida amaliy mashg‘ulotlar olib borildi. Xususan, universitet reytingi uchun talabalarning akademik mobilligi asosiy indikatorlardan hisoblanadi va bu borada universitet xalqaro reytingida o‘z o‘rnini yaxshilash buyicha akademik mobillik doirasida rejalar qilinmoqda.