O‘zMU talabalari Islom Karimov nomidagi ilmiy-ma’rifiy majmuasida
Bugun O‘zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti tavalludining 86 yilligi munosabati bilan O‘zbekiston Milliy universiteti talabalari Islom Karimov nomidagi ilmiy-ma’rifiy muzeyiga sayohat qilishdi.Muzeyning eski nomi – «Oqsaroy Rezidensiyasi» («Oq saroy»), bu yerda Islom Karimov bir paytlar siyosiy faoliyatini olib borgan va ishlagan.Ko‘rgazmalar zalini aylanish davomida birinchi Prezidentning hayot yo‘li va faoliyati bo‘yicha muzey xodimi L.Dadajonova tomonidan talabalarga batafsil ma’lumotlar berildi va shu qatorda Islom Karimov hayoti va faoliyatiga tegishli kolleksiyalar bilan tanishdilar.Birinchi Prezidentimizning mamlakatimiz taraqqiyoti, tinchlik-osoyishtalikni ta’minlashdagi xizmatlari yodga olindi.Talabalar hashamatli saroyda, muzeydan tashqari, kutubxona va o‘quv zali, ilmiy markaz va anjumanlar zali bilan tanishib chiqdilar.Muzey eksponatlari rezidentsiya zallarida joylashgan. Birinchi zalda siz fotosuratlar, hujjatlar va hatto prezidentning shaxsiy buyumlarini ko‘rishingiz mumkin. Ikkinchi xonada siz Islom Karimov asarlari to‘plamlari bilan tanishasiz.Tadbir so’ngida muzey nomidan Islom Karimovning “ Komil inson “ nomli kitoblaridan sovg’a sifatida talabalarga ulashildi va estalik uchun foto suratlarga tushildi.