O‘zMUda “Shunqorlar” harbiy sport musobaqasining "Rektor kubogi" o‘tkazildi
O’zbekiston Milliy universitetining Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo’limi, universitet Yoshlar ittifoqi boshlang‘ich tashkiloti hamda Harbiy tayyorgarlik o‘quv markazi hamkorligida o‘tkazilgan musobaqa 6 ta shart asosida bo‘lib o‘tdi.
Unda barcha fakultetlar, shuningdek, universitetga biriktirilgan Olmazor tumanidagi “Hislat” mahallasida istiqomat qiluvchi ko‘ngilli yoshlardan tashkil topgan 16 ta jamoa ham ishtirok etdi.
Musobaqada universitet talabalari bilan birga ko‘ngilli yoshlarning ham qatnashishi mahalladagi yoshlarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, ularni sportga keng jalb qilish yo‘lida olib borilgan islohotlarning amaliy ifodasidir.
1-shart – Armrestling:
1-o’rin: Kimyo fakulteti talabasi Akmal Choriyev;
2-o’rin: Tarix fakulteti talabasi Abdulaziz Ahmadov;
3-o’rin: Jurnalistika fakulteti talabasi Muhammadqodir Erxonboyev.
2-shart – Qurolni sochib-yig‘ish:
1-o’rin: Jurnalistika fakulteti talabasi Alijon Kantibekov;
2-o’rin: Amaliy matematika va intellektual texnologiyalar fakulteti talabasi Ahror Ma’murov;
3-o’rin: Tarix fakulteti talabasi Shohrux Ziyodullayev.
3-shart – Turnikda tortilish:
1-o’rin: Matematika fakulteti talabasi Sarvarbek Jahonov;
2-o’rin: Fizika fakulteti talabasi Og‘abek Nomozov;
3-o’rin: Tarix fakulteti talabasi Aziz Bahronov.
4-shart – Arqon tortish:
1-o’rin: Tarix fakulteti jamoasi
2-o’rin: Taekvondo va sport faoliyati fakulteti jamoasi
3-o’rin: Amaliy matematika va intellektual texnologiyalar fakulteti
5-shart – Tosh ko‘tarish:
1-o’rin: Tarix fakulteti talabasi Husan Gulboyev;
2-o’rin: Matematika fakulteti talabasi Samandar Ergashev;
3-o’rin: Amaliy matematika va intellektual texnologiyalar fakulteti talabasi Javlon Rahmatullayev.
1-o‘rin 👉 Tarix fakulteti jamoasi
2-o‘rin 👉 Matematika fakulteti jamoasi
3-o‘rin 👉 Jurnalistika fakulteti jamoasi
Ma’lumot o’rnida, g’olib jamoalar universitetning ko’chma kubogi hamda 3 000 000 so‘m (1-o’rin), 2 000 000 so‘m (2-o’rin) va 1 000 000 so‘m (3-o’rin) pul mukofoti bilan taqdirlandi. Shuningdek, yakkalik shartlar uchun ham alohida nominatsiyalar bo’yicha pul mukofotlari taqdim etildi.