O’zMuda talabalar ligasi.

Kutilganidek Diyora Keldiyorovadan navbatdagi oltin!
Portugaliyaning Odivelash shahrida o’tayotgan Gran-pri musobaqasining navbatdagi oltin medalini Diyora Keldiyorova qo’lga kiritdi. -52 kg vazn toifasidagi ayollar bahsida ishtirok etgan sportchimiz finalda vengriyalik Rika Puppni mag’lub etdi va yilni g’alabali yurishi bilan boshlab oldi. E’tiborlisi shundaki, ushbu bahsda Diyoraga bir necha soniyalar yetarli bo’ldi. Dzyudochimiz ushbu g’alabasi orqali oltin medal bilan birga jahon va Olimpiada reytingi uchun 700 ochkoni ham o’z hisobiga yozdirib qo’ydi.
Gulnoza Matniyozova Portugaliya Gran-Prisining kumush medali sohibasi!
-70 kg vazn toifasida bellashuvlarda ishtirok etgan dzyudochimiz Gulnoza Matniyozova final bahsida xorvatiyalik sportchi Barbara Matich bilan kurash olib bordi va ushbu uchrashuvda hamyurtimizga biroz omad yetishmadi. Sportchimiz Portugaliya Gran-prisining kumush medalini qo’lga kiritdi. Gulnoza bunga qadar Lxagvadulam Saransetseg (Moʻgʻuliston), Elena Deng (Avstriya), Alina Lengveiler (Shvetsariya), Lussi Jarrot (Fransiyalik), Aoife Kouchlan (Avstraliya) kabi raqiblarini dog’da qoldirgan edi. Ta’kidlash kerak, ushbu medal bilan birga Matniyozova jahon va Olimpiada reytingi uchun 490 ochkoni ham o’z hisobiga yozdirib qo’ydi.
Shuningdek, terma jamoamizning yana ikki nafar a’zosi Obidxon No’monov (-73 kg) va Nurbek Murtazoyev (-81 kg) turnirni kuchli beshlikda yakunlashdi. Ushbu natija bilan ular jahon va Olimpiada reytingi uchun 252 ochkoga ham ega bo’lishdi!

Scroll to Top