“Ilmiy-innovatsion va startap loyihalar” tanlovi

O‘zbekiston Milliy universitetida “Milliy universitet — keng imkoniyatlar maskani” nomli talabalar festivali munosabati bilan “Techno Ways” texnologik rivojlanish marafoni doirasida “Ilmiy-innovatsion va startap loyihalar” tanlovi oʻtkazildi.

Ushbu marafon ilmiy va innovatsion g‘oya va loyihalarni saralab olish, yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, talabalarning ilmiy va innovatsion salohiyatini namoyon etish, mazkur sohadagi istiqbolli loyihalarni dastlabki bosqichda aniqlash va ularni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, tijoratlashtirish darajasiga olib chiqish maqsadida tashkil etildi.

“Techno Ways” texnologik rivojlanish marafoni doirasida o‘tkazilgan “Ilmiy-innovatsion va startap loyihalar” tanlovi g‘oliblari taqdirlandi.

1-o‘rin Rajabov Shohzodbek Xolmuratovich Kimyo fakulteti 3-kurs talabasi (10 million uzs);
2-o‘rin Normuxamedov Otabek Xamid o‘g‘liFizika fakulteti 2-kurs talabasi – (8 million uzs);
2-o‘rinElmurodova Durdona Erkin qizi Jurnalistika fakulteti 3-kurs talabasi – (8 million uzs);
3-o‘rin Maxmudova Yulduz Azamat qizi Kimyo fakulteti 3-kurs talabasi – (6 million uzs);
3-o‘rin Hakimova Malika Ulug‘bekovna Xorijiy filologiya fakulteti 3-kurs talabasi – (6 million uzs).

Leave a Comment

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Scroll to Top