Kimyo fakulteti talabasi «Uzbekistan GTL» beshinchi stipendiya tanlovi g’olibi boʻldi

“O‘zbekneftgaz” tasarrufidagi “Uzbekistan GTL” kompaniyasi tomonidan OTM talabalari uchun beshinchi “GTL stipendiyalar dasturi” tanlovini e’lon qilingan edi.Kimyo fakulteti magistranti Asilbek Alimov ushbu tanlovda muvaffaqiyatli ishtirok etib, «Uzbekistan GTL» stipendiyasini qo’lga kiritdi.

Mazkur stipendiya dasturi 2019−2020 o‘quv yilida ta’sis etilgan bo‘lib, shu paytgacha jami 5714 ta talaba ishtirok etgan hamda 70 ga yaqin g‘olib va faol ishtirokchilar aniqlangan.

Ma’lumot uchun, Stipendiya dastur g‘oliblariga 1 yil mobaynida oyma-oy 1 mln. so‘m miqdorida stipendiya to‘lab boriladi hamda oliy ta’lim muassasini tugatgandan so‘ng, doimiy ish bilan ta’minlanadi. Shuningdek, “Uzbekistan GTL” zavodida kengaytirilgan ishlab chiqarish va diplomoldi amaliyotlarini o‘tash imkoniyatiga ega bo‘ladilar. Amaliyot davomida transport, yashash va ovqatlanish xarajatlari Kompaniya tomonidan qoplanadi.

Leave a Comment

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Scroll to Top