Bugun, Oʻzbekiston Milliy universiteti Oʻzbek filologiyasi fakultetiga Amerika Qo‘shma Shtatlarining Michigan davlat universiteti professori Temur Xo‘ja o’g’li hamda Turkiyaning Me’mor Sinan universiteti professori Tanju Seyxan tashrif buyurdi.
Xorijlik professorlar fakultet talabalariga davlat arbobi, sarkarda va shoir Zahiriddin Muhammad Boburning hayoti, ijodi va faoliyati haqida ma’ruza qildi.
Yetakchi universitetlar olimlarining ochiq shakldagi ma’ruzasi filolog talabalarda katta qiziqish uyg‘otdi.
Ma’lumot o‘rnida, xorijlik professorlarning ma’ruzalari 13-dekabrdan 23-dekabr sanasiga qadar davom etadi. Qiziqish bildirgan barcha talaba-yoshlarni taklif qilamiz.

