Shu yilning 28-oktyabr kuni Biologiya fakulteti «Botanika va o‘simliklar fiziologiyasi» kafedrasi professor-o‘qituvchilari O’zbekiston Milliy universitetiga biriktirilgan Olmazor tumanidagi 133-sonli umumta’lim maktabida bo‘ldilar.
Maktab o’quvchilariga O‘zbekiston Milliy universiteti faoliyati tanishtirildi. Shuningdek, kafedra dotsenti X.Turdialiyeva tomonidan “Turli oqava suvlarini yuksak suv o‘simliklari yordamida biologik tozalash” mavzusida seminar-trening tashkil etildi. Qiziqarli o’tgan seminar-treningda o‘quvchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javoblar oldilar.