Bugun Iqtisodiyot fakultetida O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki bilan hamkorlikda «Bank ishi va audit» yo’nalishi 2-bosqich talabalari uchun «Trastbank» xususiy aksiyadorlik banki xodimlari tomonidan dunyo miqyosida har yili o’tkaziladigan «World Saving Day» mavzusida mahorat darsi tashkil etildi.
Ushbu mahorat darsi orqali talabalar yuqori malakali mutaxassislardan moliyaviy savodxonlik, pul bilan to‘g‘ri munosabatlar o‘rnatish hamda moliya olamidagi dolzarb yo‘nalishlar haqida eng so‘nggi bilim va ko‘nikmalarni o’zlashtirish imkoniyatiga ega bo‘ldilar.
Shuningdek, talabalar tajribali bank xodimlaridan jamg‘arma, mas’uliyatli qarz olish, moliyaviy xavfsizlik, sug‘urta va raqamli moliyaviy xizmatlar va boshqa mavzular haqida o’zlarini qiziqtirgan savollariga batafsil javob oldilar.