O‘zbekiston Milliy universitetida “Xotin-qizlar va erkaklarning butun umr davomida o‘qish imkoniyatlarini rag‘batlantirish: yutuqlar va muammolar” mavzusida ilmiy seminar bo‘lib o‘tdi.
O‘zbekiston Respublikasi Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi; Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda O‘zbekiston Milliy universiteti hamkorligida tashkil etilgan mazkur anjumanda vazirlik, idora va tashkilotlar mutasaddilari, xalqaro oliy ta’lim muassasalari vakillari, olimalar, shuningdek, ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirok etdi.
Shuningdek, Qozon Federal universiteti, Moskva davlat pedagogika universiteti hamda Toshkent davlat pedagogika universiteti professor-o‘qituvchilari, respublika ta’lim muassasalarining olima, doktorant tadqiqotchi va talabalari ZOOM platformasi orqali qatnashishdi.
Ilmiy seminarda bugungi globallashayotgan dunyoda kattalar uchun ta’lim va o‘qish zarurligidan kelib chiqib, professional bilim va ko‘nikmalarni rivojlantirish, xotin-qizlar va erkaklarning ta’lim olishini qo‘llab-quvvatlash, ta’lim jarayonigadi umumiy axloqiy qadriyatlar,ta’lim jarayonidagi tenglik, hiilmahillik sohada yaratilayotgan qulayliklardan aholini xabardor qilish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar muhokama qilindi.
Anjuman davomida mutasaddilar tomonidan kun tartibidagi mavzularga birma bir toxtalishib talaba yoshlar barcha mavzularni o’zlarining taqdimotlari bilan tolaqonli ochib berdilar.
Aytib o’tish joizki O’zbekiston Milliy universiteti xotin qizlar masalalari bo’yicha rector maslahatchisi Rustamova Ra`no Parpiyevna o’z ma’ruzasi davomida: “Barcha narsalar tartib intizom tarbiyadan boshlanadi odob-axloq, adolat kabi tushunchlarni talabalar onggiga keng singdirish, ta’lim olish jarayonidagi axloqiy qoidalarga rioya qilishni tushuntirib talabalar hayotiga tadbiq etib borish barchamizning burchimizdir.” deb ta’kidlab o’ttilar.
Anjuman yakunida talabalar hamda mutasaddilar o’rtasida o’zaro fikrlar almashildi va kelgusida bunday anjumanlar soni va qamrovini yanada kengaytirish masalalari kelishib olindi.