25-noyabr – xalqaro ayollarga nisbatan zo‘ravonlikka qarshi kurashish kuni

O‘zbekiston Milliy universitetida ushbu sana munosabati bilan xotin-qizlar ishtirokida tadbir tashkil etildi. Unda universitetning xotin-qizlar muammolari bilan shug‘ullanadigan mas’ullar, fakultetlardagi xotin-qizlar kengashi raislari, ayol professor-o‘qituvchilar, talaba qizlar ishtirok etib, mavzu xususida o‘zaro fikr almashishdi. 
Bundan tashqari talaba qizlar o’rtasida odob axloq qoidalar hamda adolat va tenglik tushunchalari haqida ham mutaxasislar tomonidan ko’nikmalar berildi. Uchrashuv davomida ushbu tushunchalarni talabalar hayotidagi keng o’rni va rioya qilmaslik oqibatida kelib chiqadigan oqibatlari haqida ham tolaqonli fikr almashdilar.
Ma’lumot o’rnida, BMT Bosh Assambleyasining 1999-yil 17-dekabrdagi rezolyutsiyasiga ko‘ra 25-noyabr – xalqaro ayollarga nisbatan zo‘ravonlikka qarshi kurashish kuni deb e’lon qilingan. 2014-yilda esa BMT bosh kotibi xotin qizlarga nisbatan zo‘ravonliklarni bartaraf etishga qaratilgan “UNITE” nomli tashabussni ilgari suradi. Shu munosabat bilan har yili dunyo miqyosida 25-noyabrdan 10-dekabrgacha “Zo‘ravonlikka qarshi 16 kun” shiori ostida turli tadbirlar o‘tkaziladi.

Scroll to Top