Universitet Karyera va bandlik markazi hamda “Hamkorbank” aksiyadorlik tijorat banki hamkorligida Iqtisodiyot fakulteti bitiruvchilari uchun “Karyera kuni” tashkil etildi.
“Hamkorbank”ning Tanlov va karyera bo‘limi boshlig‘i Mohichehra Xo’jayeva hamda Korporativ mijozlarga xizmat ko‘rsatish departamenti boshlig‘i Sohibjon Matyoqubov boshchiligida mas’ul xodimlar talabalar bilan uchrashdi.
“Hamkorbank”da amaliyot o‘tash va ishlash istagini bildirgan bitiruvchilarning munosiblarini tanlab olish maqsadida test sinovlari tashkil etildi. Unda 64 nafar bitiruvchi talaba ishtirok etish istagini bildirdi.
Dastlabki test sinovidan muvaffaqiyatli o‘tgan 31 nafar bitiruvchilar yakuniy suhbatga taklif qilindi va suhbat natijalariga ko‘ra 20 nafar bitiruvchilar “Hamkorbank” aksiyadorlik tijorat bankining istalgan filialida amaliyot o‘tash va keyinchalik ishga joylashish imkoniyatini qo‘lga kiritdilar.