O‘zbekiston Milliy universitetida Rossiya xalq xo‘jaligi va davlat boshqaruvi akademiyasi ijtimoiy Fanlar institutining ilg‘or ijtimoiy tadqiqotlar markazi bilan hamkorlikda “Tarixiy istiqbolda inson resurslarini o‘rganishning iqtisodiy jihatlari” mavzusida birinchi xalqaro konferensiya o‘tkazildi.
Konferensiyada universitet rahbariyati, xorijiy tarixchi olimlar, nufuzli mehmonlar, Tarix fakulteti professor-o‘qituvchilari, shuningdek, tadbirni keng yoritish uchun ommaviy axborot vositalari vakillari ham ishtirok etdi.
Konferensiyaning asosiy g‘oyasi – turli soha olimlarining xalqaro muloqoti bo‘lib, Rossiyada va qo‘shni mamlakatlardagi tarixiy jarayonlarda inson salohiyatini o‘rganishning yangi jihatlarini istiqbollarini ochib berishdan iborat.