Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning Amerika Qo‘shma Shtatlariga amaliy tashrifi kunlarida O‘zMU akademigi, biologiya fanlari doktori, professor, Jahon fiziologlar jamiyati (Stokgolm) akademigi, Rim universiteti (Italiya) faxriy professori, NASA dasturida ishtirok etgan ilk o‘zbek olimi Bakriddin Zaripovning yangi kitobi AQSHda chop etildi.
“Integral ovqatlanish bo‘yicha qo‘llanma” (“Integral Nutritional Guide”) kitobi Nyu-Yorkdagi “Vet-Vittels” kompaniyasi prezidenti, biologiya fanlari doktori, Harvard universiteti professori, akademik Efroim Gurman bilan hammualliflikda yozilgan bo‘lib, u AQSHning “Xlibris” nashriyoti tomonidan ingliz tilida nashr qilindi.
“Integral ovqatlanish bo‘yicha qo‘llanma”ni to‘g‘ri ovqatlanish, inson salomatligini mustahkamlash, oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash borasidagi g‘oyalar ensiklopediyasi, deyish mumkin.