Xozirda O`zbekiston Milliy universitetining talabalar turar joylarida milliy urf-odatlarimizni saqlab qolish va ommaga yanada keng tadbiq qilish maqsadida milliy o`yinlarimiz:kurash tushish,arqon tortish,qo`l jangi va boshqa ko`plab o`yinlarda bellashishdi.Tadbir so`ngida talabalar universitet rektori va bir qancha professor o`qituvchilar bilan birgalikda,o`zbek milliy taomlari bilan bezalgan dasturxon atrofida jamlanib qizg`in suhbat qildilar va o`zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar Bugun O‘zbekiston Milliy universitetining 2-, 3-, 12- va 16-talabalar turar joylarida “Milliy universitet – keng imkoniyatlar maskani” nomli talabalar festivali o’tkazildi. Festival doirasida arqon tortish, stol tennisi, armrestling musobaqalari, shaxmat-shashka turniri, «Mening xonam eng namunali», “Havaskor rassomlar” tanlovlari, «Mohir oshpazlar» chempionati hamda konsert dasturlari tashkil etildi.
O’zbekiston Milliy universiteti rektori Inom Madjidov talabalar turar joylarida shukuhli tarzda bo’lib o’tgan festivalga tashrif buyurub, tanlov va musobaqalar jarayonini bevosita kuzatdi. Yoshlar bilan suhbatlashib, ularning ijodiy chiqishlarini tomosha qildi.
Ma’lumot o’rnida, “Milliy universitet – keng imkoniyatlar maskani” nomli talabalar festivali doirasida bo’lib o’tgan tanlov va musobaqalar g’oliblari ertaga bo‘lib o‘tadigan tantanali tadbirda taqdirlanadi.