ASAKABANK” AJ Stipendiyasi uchun tanlov

Univeristetning manfaatdor tomonlar bilan hamkorligi kundan kunga kengayib bormoqda: banklar va universitetlar ko’plab loyihalar ustida hamkorlik yo’lga qo’yishmoqda. Buning natijasi o’laroq, Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti Matema tika fakulteti talabalarini ilmiy faoliyatga yo‘naltirish va ularni munosib rag‘batlantirish maqsadida O‘zR “Asakabank” AJ homiyligida Matematika yo‘nalishi talabalari uchun “Ilm yo‘lida ilk qadam” nomli tanlov e’lon  qiladi.Ayniqsa, kontrakt pulini to’lyadigan talabalar uchun Universitet xarajatlarini qoplaydigan stipendiya olish o’qish paytida ko’proq diqqatni jamlashga yordam beradi. Universitet xarajatlarini qoplash uchun turli xil yarim kunlik yoki hatto to’liq sh joylarini topish bilan ovora bo’lishi shart emas.
Ushbu tanlovda O‘zbekiston Milliy universiteti Matematika fakulteti 3-4 bosqich talabalari matematika yo‘nalishining turli sohalarida olib borilayotgan ilmiy izlanishlar asosida tanlangan ma’ruzalar bilan ishtirok etishlari mumkin. Ishtirokchilarning ma’ruzalari O‘zMU Matematika fakulteti professor-o‘qituvchilari, O‘zR FA V.I.Romanovskiy nomidagi Matematika instituti hamda “ASAKABANK” AJ xodimlaridan iborat hakamlar hay’ati tomonidan baholab boriladi va natijalar e’lon qilinadi.

Scroll to Top