Bugun Italiyaning Tuscia universiteti rektori Stefano Ubertini boshchiligida Simone Severini prorektor, Marko Farci oliy ta’lim vaziri maslahatchisi va Alessandro Fusi universitet professori hamrohligida O‘zbekiston Milliy universitetiga tashrif buyurishdi. Mehmonlarni o‘quv ishlari bo‘yicha prorektor Shuxrat Toshmatov, xalqaro aloqalar bo‘yicha prorektor Raima Shirinova boshchiligida universitet vakillari kutib oldi.
Tuscia universiteti rektori tashrifning maqsadi universitetlar o‘rtasidam hamkorlik o‘rnatish, bakalavr va magistr talabalari uchun qo‘shma ta’lim loyihalari yaratish, o‘qituvchilarning stajirovka va malaka oshirishlarini ta’minlash hamda hamkorlikda ilmiy maqolalar chop etish bo‘yicha fikrlar bildirildi.
Tomonlar hamkorlik yo‘nalishlarini qadamba-qadam tashkillashtirish, hamkorlik masalalarini muhokama qilish uchun koordinatorlarni belgilab oldilar.
Uchrashuv oxirida ikki tomonlama hamkorlik memrandumi imzolashga kelishib olindi.
Ma’lumot uchun, Tuscia universitetining 6 ta kafedrasi mavjud bo’lib, ular quyidagilar:
Qishloq va o‘rmon xo‘jaligi fanlari bo‘limi
Ekologiya va biologiya fanlari kafedrasi
Iqtisodiyot, muhandislik, jamiyat va biznes bo’limi
Biologik, agro-oziq-ovqat va o‘rmon tizimlarida innovatsiyalar bo‘limi
Tilshunoslik, adabiyot, tarix, falsafiy va huquqshunoslik kafedrasi
Gumanitar fanlar, aloqa va turizm kafedrasi.
Shuni ta’kidlash joizki, uchrashuv davomida tomonlar yuqorida keltirilgan sohalar bo’yicha olib boriladigan hamkorlik doirasida ma’lumotlar almashish bo’yicha qator kelishuvlarga erishdilar.