Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti Psixologiya kafedrasi professor-o‘qituvchilari ilmiy-amaliy faoliyat bilan bir qatorda jamiyat hayotida muhim ahamiyatga ega bo‘lgan ekspertiza ishlarida ham faol ishtirok etib kelmoqda.
Xususan, kafedra o‘qituvchilari Usmonov Nodirbek hamda katta o‘qituvchi Maksim Dolgov Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasidan kelib tushgan arizalar asosida sud-psixologik ekspertiza jarayonlarida muntazam ravishda ishtirok etib kelmoqda.
Mazkur ekspertiza jarayonlarida jinoyat sodir etgan yoki jinoyat sodir etishda gumon qilinayotgan shaxslarning ruhiy-psixologik holati o‘rganiladi. Mutaxassislar tomonidan shaxsning psixologik xususiyatlari, ruhiy barqarorligi, sodir etilgan harakatni anglash va boshqarish qobiliyati kabi jihatlar ilmiy-uslubiy yondashuv asosida tahlil qilinadi.
Shuningdek, ekspertiza davomida shaxsning mazkur harakatni amalga oshirishga psixologik jihatdan qodir bo‘lgan-bolmaganligi, ruhiy holati hamda psixologik omillar ta’siri chuqur o‘rganiladi. Ushbu jarayon zamonaviy psixologik metodlar, testlar va suhbatlar asosida olib boriladi.