Ulug‘bek Rashitov – ikki karra Olimpiya o‘yinlari chempionligini qo‘lga kiritgan ilk o‘zbek taekvondochisi
O‘zbekiston sport tarixida yana bir shonli sahifa ochildi. O‘zbekiston Milliy universiteti Taekvondo va sport faoliyati fakulteti talabasi Ulug‘bek Rashitov ikki karra Olimpiya o‘yinlari chempionligini qo‘lga kiritgan ilk o‘zbek taekvondochi sifatida tarixga kirdi.
-68 kg vazn toifasida ishtirok etgan sportchimiz final bahsida iordaniyalik Zaid Karimni 2:0 hisobida mag‘lubiyatga uchratib, oltin medal sohibiga aylandi. Bu g‘alaba nafaqat yurtimiz, balki butun O‘zbekiston taekvondosi uchun faxrli voqea bo‘ldi. Eng quvonarlisi, Parij arenalarida O‘zbekiston bayrog‘i hilpiradi va Rashitov sharafiga Vatanimiz madhiyasi yangradi.

Ulug‘bek Rashitov nafaqat sport maydonida, balki o‘qish jarayonida ham o‘z iqtidorini, mehnatsevarligini namoyon etib kelmoqda. U o‘zining bilimi, salohiyati va xulqi bilan ko‘plab talabalar uchun ibrat bo‘lib xizmat qilmoqda.
O‘zbekiston Milliy universitetining ko‘p ming sonli jamoasi, professor-o‘qituvchilar hamda talaba-yoshlar O‘zbekiston iftixori Ulug‘bek Rashitovni ushbu ulkan g‘alaba bilan samimiy tabriklab, unga kelgusidagi yirik musobaqalarda ham yanada katta yutuqlar tilaydi.
Ma’lumki, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 16-noyabrdagi PQ-3390-sonli qarori bilan Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti tarkibida Taekvondo va sport faoliyati fakulteti tashkil etilgan edi.
Ushbu qaror taekvondo (WT) sport turini mamlakatimizda yanada rivojlantirish, yuqori malakali sportchilar va mutaxassislar tayyorlash tizimini takomillashtirishda muhim qadam bo‘ldi. Shu qisqa davr ichida fakultetda iqtidorli yoshlarni jalb etish, ularning sport bilan muntazam shug‘ullanishlari uchun qulay sharoitlar yaratish yo‘lida keng ko‘lamli ishlar amalga oshirildi.
Fakultet bitiruvchilari va talabalarining bugungi yutuqlari — ana shu tizimli mehnat, murabbiylar fidoyiligi hamda universitet rahbariyatining doimiy e’tibori samarasi ekanini alohida ta’kidlash joiz.
O‘zbekiston Milliy universiteti jamoasi sportchi-talabalarining yutuqlari yurtimiz sport salohiyatining yuksak darajada ekanini isbotlamoqda. Ulug‘bek Rashitovning Parij-2024 Olimpiya o‘yinlaridagi g‘alabasi yoshlar uchun chinakam motivatsiya manbai bo‘lib xizmat qiladi.
Universitet professor-o‘qituvchilari va murabbiylar jamoasi tomonidan yaratilgan ilmiy-nazariy hamda amaliy tayyorgarlik muhiti bugun o‘z samarasini bermoqda. Ayniqsa, Rashitov kabi fidoyi sportchilarning yuksak natijalarga erishishida murabbiylarning mehnati beqiyos.